09:55 / 23.09.2021
3 340

Bayden Putinni «qotil» deb ataganidan keyin ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat e’lon qilindi

Bayden Putinni «qotil» deb ataganidan keyin ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat e’lon qilindi
Foto: Getty Images
Jurnalistlar Bob Vudvord va Robert Kosta yaqinda nashr etilgan «Tahdid» kitobida Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida 2021 yilning 13 aprelida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatining bir qismi haqida hikoya qiladi. Kitobdan parcha ABC News tomonidan nashr etilgan.

Putin Baydenga Amerika prezidentining 16 mart kuni Jorj Stefanopulosga bergan intervyusidagi so‘zlaridan xafa bo‘lganini aytdi, deb yozadi jurnalistlar. Gap Baydenning Putinni qotil deb biladimi, degan savolga tasdiq javobini bergan shov-shuvli iborasi haqida ketmoqda.

«Meni qotil deb ataganingizdan ranjidim», — deya kitob mualliflari Putinning Bayden bilan 13 apreldagi suhbatida aytgan so‘zlarini keltiradi. Ularning versiyasiga ko‘ra, AQSH prezidenti o‘z pozitsiyasini Putinga quyidagi so‘zlar bilan izohlagan: «Menga savol berishdi. Men javob berdim. Bu mutlaqo boshqa mavzudagi intervyu edi».

Aynan o‘sha telefon suhbati davomida Bayden Putinga kelgusi oylarda neytral hudud bo‘lgan «uchinchi mamlakat»da uchrashib, ikki davlat munosabatlaridagi barcha masalalarni muhokama qilishni taklif qilgan. Natijada uchrashuv 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tgandi.

«Qotil» so‘zi ishlatilgan Stefanopulosning intervyusidan so‘ng Putin Baydenga «istehzo va hazilsiz» sog‘liq tiladi. Keyinroq Putin Baydenning ushbu bayonoti haqida tushuntirish olganini aytdi. «Xo‘sh, nimayam derdim, hammamiz ushbu bayonotlardan xabardormiz. Undan so‘ng prezident Bayden menga qo‘ng‘iroq qildi, biz ochiqchasiga gaplashib oldik, uning izohlari menga ma’qul keldi», — dedi Rossiya prezidenti.

Jenevadagi Rossiya—Amerika sammiti oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bayden Putinni qotil deb hisoblash-hisoblamasligi haqidagi o‘z gaplarini yana bir bor izohladi. «Fikrimcha, uning o‘zi bu savolga javob qanday bo‘lishini aniq bildirdi. O‘tmishda Putin aslida buni tan olgan deb hisoblayman — u qilishi mumkin bo‘lgan yoki qilgan ba’zi ishlar bo‘lgan. Ilgari menga ushbu savol jonli efirda berilganda, men xolis javob berdim. Ammo bu biz o‘tkazadigan uchrashuv nuqtai nazaridan u qadar muhim emas deb o‘ylayman», — dedi Bayden.

17 mart kuni AQSH prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning «Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qotil deb hisoblaysizmi?» — degan savoliga tasdiq javobini bergandi. «Mmm, hmm, ha», — deya javob qilgan Bayden undan intervyu olayotgan Jorj Stefanopolusning savoliga. Kreml esa Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi bayonotlarini «juda yomon» deb hisoblashini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Putinni «qotil» deb ataganidan keyin ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat e’lon qilindi