22:32 / 23.09.2021
2 829

Yashash uchun dunyodagi eng xavfsiz shahar ma’lum qilindi

Yashash uchun dunyodagi eng xavfsiz shahar ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Xalqaro tadqiqotchilar dunyoning 60 ta shahridagi jinoyatchilik darajasini tahlil qilib, dunyodagi enga xavfsiz shaharlar reytingini tuzdi.

Mutaxassislar shaharlarni raqamli ma’lumotlar xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, atrof-muhit va shaxsiy xavfsizlik kabi mezonlar bo‘yicha baholagan. Natijada The Economist Intelligence Unit ekspertlari Daniya poytaxti Kopengagenni eng xavfsiz shahar deb topdi. Kopengagen yillik hisobotda 100 balldan 82,4 ball to‘pladi.

Daniya poytaxti 2019 yilda ro‘yxatning sakkizinchi o‘rinida turgan bo‘lsa, endilikda u ekologik xavfsizlik evaziga birinchi o‘ringa chiqib oldi. Shaharda shaxsiy xavfsizlik bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

«Kopengagenni shunday xavfsiz shaharga aylantiruvchi asosiy omillardan biri – jinoyatchilik darajasining pastligidir, hozirda u so‘nggi o‘n yil ichidagi eng past ko‘rsatkichda», — deyiladi hisobotda.

Daniya poytaxtidan keyingi o‘rinlarda Kanadaning Toronto shahri (82,2 ball) va Singapur (80,7 ball) turibdi. Eng xavfsiz shaharlar o‘ntaligidan Avstraliyadagi Sidney (80,1 ball), Yaponiyadagi Tokio (80 ball), Gollandiyadagi Amsterdam (79,3 foiz), Yangi Zelandiyadagi Vellington (79 foiz), Gonkong (78,6 foiz), Avstraliyadagi Melburn (78,6 foiz) va Shvetsiyadagi Stokgolm shahri (78 ball) joy olgan.

Qayd etilishicha, Sidneyda ma’lumotlar xavfsizligi, Tokioda sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Gonkong infratuzilma xavfsizligi, Kopengagen shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha yetakchiga aylandi. Vellington esa ekologik xavfsizlik borasida hammadan oldinda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yashash uchun dunyodagi eng xavfsiz shahar ma’lum qilindi