13:46 / 20.10.2021
1 002

Xalqaro qidiruvdagi ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Xalqaro qidiruvdagi ikki o‘zbekistonlik ushlandi
Joriy yilning oktabr oyida Seul shahrida (Janubiy Koreya) O‘zbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlari hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazdi.

Natijada Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan.

Olingan ma’lumotlarga asosan, Seulda katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi, 1957 yilda tug‘ilgan J.N. qo‘lga olingan. 2016 yilda J.N. fuqarolarimiz ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Toshkent shahridan ko‘chmas mulk xaridida yordam berishini va’da qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bugungi kunda muzokaralar va O‘zbekistondagi Interpolning MMB hamda Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Xalqaro qidiruvdagi ikki o‘zbekistonlik ushlandi