AQSH ayni paytda Tojikistonda qolayotgan afg‘onistonlik uchuvchilarni iloji boricha tezroq ko‘chirmoqchi, deya xabar beradi “Reyter” agentligi.
Afg‘onistonlik 143 nafar uchuvchi va 13 nafar boshqa harbiy xizmatchi ikki oydan ortiq vaqtdan beri Dushanbe yaqinidagi sanatoriyda yashayapti. AQSH Davlat departamenti vakili “Reyter” bilan suhbatda afg‘onistonlik uchuvchilar birdaniga ko‘chirilishi aytgan, biroq tafsilotlarni oshkor qilmagan.
Afg‘onistonlik uchuvchilar 15 avgust kuni, toliblar Kobulga kirib borganidan keyin mamlakat harbiy havo kuchlariga tegishli 17 ta samolyotda Tojikistonning Boxtar shahriga kelgan. 1 sentabr kuni ular Dushanbe yaqinidagi sanatoriyga joylashtirildi.
Uchuvchilar AQSH tomonidan evakuatsiya qilinishni kutgan edi, biroq evakuatsiya bir necha bor kechiktirildi, tojik tomoni esa hech qanday ma’lumot bermayapti.
“Tolibon” Tojikistonga qochgan uchuvchilar vataniga qaytsa, jazoga tortilmasligini aytgan, biroq uchuvchilar toliblarga ishonmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi