Guterrish: «Insoniyat iqlim masalalariga e’tibor qaratmay, o‘ziga o‘zi qabr qazimoqda»

2 daqiqa o'qish1.5K
Guterrish: «Insoniyat iqlim masalalariga e’tibor qaratmay, o‘ziga o‘zi qabr qazimoqda»
© P Photo/Alberto Pezzali
So‘nggi olti yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar bo‘ldi. Issiqxona gazlari bilan kurash borasidagi barcha va’dalarning bajarilishi ham yaqin o‘n yilliklarda sayyoradagi haroratning 2 darajadan ko‘proq ortishiga olib keladi. Bu haqda BMT iqlim o‘zgarishi haqidagi 26-konferensiyasida ishtirok etgan bosh kotib Antonio Guterrish ma’lum qildi.

«Parij kelishuvlari imzolanganidan buyon so‘nggi olti yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillar bo‘ldi. Bizning qazib olinadigan yonilg‘i turlariga qaramligimiz insoniyatni tubsizlikka olib boradi. Og‘ir tanlov oldida turibmiz: yo biz bu jarayonni to‘xtatamiz, yo u bizni to‘xtatadi. «Bas, yetar» deyish vaqti keldi. Bioxilmaxillikni masxara qilish, o‘zimizni uglerod bilan o‘ldirish, tabiatga chiqindi o‘rasi sifatida munosabatda bo‘lish, yoqish, yanada chuqurroq qazishga bas, yetar deyish vaqti keldi. Axir biz o‘zimizga qabr qaziyapmiz», dedi u.

Guterrish Yer sayyorasi okean tubidan tortib, to tog‘ cho‘qqilarigacha ko‘z o‘ngimizda o‘zgarayotganiga ishora qildi. «Dengiz sathi 30 yil oldingiga qaraganda ikki marta tezroq ko‘tarilmoqda. Okeanlar har qachongidan ham issiqroq va isishda davom etmoqda. Amazoniya o‘rmonlarining bir qismi yutganidan ko‘ra ko‘proq issiqxona gazlarini chiqarmoqda.

Iqlim muammolari bo‘yicha so‘nggi bayonotlar vaziyatni o‘zgartiradigandek tasavvur uyg‘otishi mumkin. Bu illyuziya. Issiqxona gazlari chiqindilariga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatlarning hissasi haqidagi so‘nggi hisobot dunyoda harorat Selsiy bo‘yicha 2,7 daraja halokatli ko‘tarilish tomon ketayotganini ko‘rsatmoqda. So‘nggi va’dalarga ishonsak ham, ularga ham jiddiy savollar bor, baribir iqlim falokatiga qarab ketyapmiz. Hatto optimal ssenariyda ham harorat Selsiy bo‘yicha 2 darajadan ko‘proq ko‘tariladi.

Ana shu fursatda biz mazkur iqlim masalalariga bag‘ishlangan konferensiyani ochyapmiz, biz falokatga qarab harakatlanishda davom etmoqdamiz. Yoshlar bu haqida biladi. Har bir mamlakat buni ko‘rishi mumkin. Kichik orol davlatlar u bilan yuzma-yuz kelishdi. Ular uchun mag‘lubiyat – variant emas, mag‘lubiyat – o‘lim hukmidir
», - deya ta’kidladi Guterrish.

BMT bosh kotibi atmosferaga nol chiqindilar bo‘yicha nodavlat o‘yinchilar majburiyatlari tahlili bilan shug‘ullanuvchi ekspertlar guruhi tuzilishi haqida ma’lum qildi.

«Ishonch defitsiti va chiqindilarni qisqartirish hamda turli ma’no va o‘lchovdagi nol chiqindilar maqsadlari bo‘yicha chalkashliklar bor. Shuning uchun Parij iqlim kelishuvlari doirasida mavjud mexanizmlardan tashqari nodavlat o‘yinchilarning nol chiqindilar bo‘yicha majburiyatlari bo‘yicha aniq o‘lchov standartlarini shakllantirish va tahlil qilish uchun ekspertlar guruhi tashkil etilishini e’lon qilaman.

Biz zaif jamoalarni iqlim o‘zgarishi xavfidan himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak. So‘nggi o‘n yillikda 4 milliardga yaqin kishi iqlim bilan bog‘liq falokatlardan zarar ko‘rdi
», - dedi Guterrish.

U rivojlanayotgan mamlakatlar chiqindilarni samarali qisqartirish uchun ko‘proq harakat qilishlari kerakligini ta’kidlagan.

Konferensiya haqida
1 noyabr kuni Glazgoda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy 26-konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Konferensiya ikki hafta davom etadi. Konferensiya o‘tgan yili bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq uni o‘tkazish muddatlari COVID-19 pandemiyasi tufayli o‘zgartirilgandi. Glazgodagi forum ishida qatnashish uchun 20 ming kishi, jumladan, 120dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari tashrif buyurishgan. U yerda issiqxona gazlariga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatlar majburiyatlarini kuchaytirish masalasi muhokama qilinmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?