07:30 / 13.12.2021
2 373

Yaponiyada koronavirusdan o‘lim darajasi pastligi sababi aniqlandi

Yaponiyada koronavirusdan o‘lim darajasi pastligi sababi aniqlandi
Foto: AFP
Yaponiya tabiiy fanlar davlat instituti olimlari yaponlar orasida koronavirusdan o‘lim darajasi pastligi ularning genetikasi bilan bog‘liqligini aniqlashdi. Bu haqda olimlar olib borgan tadqiqotga tayanib The Japan Times nashri xabar berdi.

Mutaxassislar COVID-19’ning og‘ir kechishi oldini olishga yordam beruvchi HLA-A24 antigeni molekulasi 60 foizga yaqin yaponlarda va Yevropa hamda AQSHdagi 10-20 foiz odamlardagina borligini aniqlashgan.

Virus organizmga kirganda, HLA-A24 antigenining himoya mexanizmi ishga tushib, u leykotsitlar ichida kuchli immun javobini keltirib chiqaradi va buning natijasida virus bilan zararlangan hujayralar o‘ladi.

Avvalroq Yaponiyada koronavirus “o‘z-o‘zicha yo‘q bo‘lib” ketgani ma’lum qilingan. Vaholanki, 3 oy oldin Kunchiqar mamlakatda kuniga 26 mingta yangi kasallanish holati qayd qilib kelingan. Ayni vaqtda Yaponiyada kuniga 200 dan kamroq yangi kasallanish holat aniqlanmoqda, o‘lim holatlari yo‘q.

Xuddi shunga o‘xshash vaziyat Hindistonda ham kuzatilmoqda. Bir necha oy oldin virusdan kuniga minglab odamlar vafot etgan ushbu mamlakatda 4 dekabrda 8603 ta yangi kasallanish holati qayd qilingan, hech kim vafot etmagan. Mutaxassislar bundan ijobiy o‘zgarishni bemorlarni davolash usullariga kiritilgan o‘zgarishlar bilan bog‘lashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada koronavirusdan o‘lim darajasi pastligi sababi aniqlandi