
Foto: emetrius Freeman / Bloomberg via Getty Images
AQSH vakillar palatasi a’zosi Mark Takano kongressdagi 100dan ortiq kishidan iborat «Progressiv guruh» uning haftalik ish vaqtini 40 soatdan 32 soatga qisqartirish to‘g‘risidagi tashabbusini rasman qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.
Qonun loyihasi doirasida 40 soatlik ish haftasi butunlay bekor qilinmaydi, ammo ish beruvchi haftasiga 32 soatdan ortiq har qanday mehnat uchun ish vaqtidan tashqari mehnat sifatida haq to‘laydi.
«Millionlab odamlarni masofadan ishlashga majbur qilgan ikki yillik pandemiyadan so‘ng odatdagi hayotga qayta olmaymiz, chunki «odatiy ish» deyilgan narsa aslida ish bermayapti», — dedi Takano. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar