Rossiyadagi mehnat migrantlari 2021 yil 29 dekabrdan patentni chipli karta ko‘rinishida olishadi. Unda bunday karta egasi yuzining elektron tasviri va barmoq izlari bo‘lishi kerak. Tegishli farmonga Rosssiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev imzo chekdi.
Kartaning old tomoni 8,5 sm ga 5,3 sm o‘lchamda bo‘ladi, unda surat, patent seriyasi va raqami, egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi hamda Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet el fuqarosining fuqaroligi, pasport seriyasi va raqami, kasbi kabi ma’lumotlar joylashtiriladi.
Orqa tomonda migrant yashaydigan va ishlaydigan Rossiya hududi, shuningdek, patent egasining biometrik ma’lumotlari va u haqdagi boshqa ma’lumotlarga ega chip bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan Moskva va Moskva viloyatida patent to‘lovi 5 341 rubldan 5 900 rublgacha qimmatlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi