Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat xalqiga videomurojaat yo‘lladi. U bunday videolarni har soatda chiqarib, tegishli va ishonchli ma’lumotlarni yetkazib turishini aytdi.
- Haqiqatni rasmiy manbalardan olish muhim. Bugun Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi. Putin Ukraina bilan, butun dunyodagi demokratiya bilan urush boshladi. U mening davlatimni yo‘q qilmoqchi. U bizning davlatimizni, biz qurgan va hayotimiz mazmuni bo‘lgan barchasini yo‘q qilmoqchi, — dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy ukrainaliklarni vahimaga berilmaslikka chaqirdi: «Men hozir yerimizda bo‘lib turgan har bir ukrainalikka murojaat qilyapman. Vahimaga berilmaymiz, Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilyapmiz».
Shuningdek, u AQSH prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishel, Polsha prezidenti Anjey Duda va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan muzokaralar o‘tkazganini aytdi.
- Men Putinni, Ukrainaga va butun dunyoga qarshi urushni darhol to‘xtatishga chaqiraman! Putinga qarshi koalitsiya tuzishga, zudlik bilan sanksiyalar kritishga, Ukrainaga mudofaa va moliyaviy yordam berishga chaqiraman! Havo hududini yoping! Dunyo Rossiyani tinchlikka majburlashi kerak, — deydi Zelenskiy.
24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiyaliklarga murojaatida u Kreml Ukrainani demilitarizatsiya va denazolifikatsiya qilishga intilishi, biroq Ukraina hududlarini bosib olish rejada yo‘qligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi