
Polshalik Karolina Belyavska yangi «Dunyo goʻzali»ga aylandi.
Qiz ayni damda menejment boʻyicha magistraturada oʻqiydi. Kelajakda u nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, gʻolib koʻngilli boʻlib ham faoliyat yuritadi, uysizlarga yordam beradi, model sifatida ishlaydi.
Ikkinchi oʻrinni AQSh vakili Shri Saini, uchinchi oʻrinni Kot-d`Ivuar fuqarosi Oliviya Yache egalladi.
Taqdirlash marosimi Puerto-Rikoda boʻlib oʻtdi. Xalqaro goʻzallik tanlovida birinchi marta turli mamlakatlardan, jumladan Iroq va Somalidan jami 97 nafar qiz ishtirok etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar