date
views 1 791

Polshalik Karolina Belyavska «Dunyo goʻzali – 2021» xalqaro goʻzallik tanlovida gʻalaba qozondi

Polshalik Karolina Belyavska «Dunyo goʻzali – 2021» xalqaro goʻzallik tanlovida gʻalaba qozondi
Foto: People Talk
Puerto-Rikoda boʻlib oʻtgan «Dunyo goʻzali – 2021» xalqaro goʻzallik tanlovida ishtirok etgan polshalik Karolina Belyavska gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Hammasi boʻlib turli mamlakatlardan 40 nafar ishtirokchi qiz finalda orzu qilingan tojga da'vogarlik qildi.

Foto: Pinterest
Polshalik Karolina Belyavska menejment boʻyicha bakalavr darajasiga ega model. Hozir u magistratura bosqichida tahsil olmoqda, kelajakda esa aspiranturada oʻqishni rejalashtirmoqda. U motivatsion ma'ruzachi boʻlishni orzu qiladi. Boʻsh vaqtlarida «dunyo goʻzali» tennis va badminton, akvalanglik bilan shugʻullanadi.

Foto: Pinterest
«Haligacha ishonmayapman. Hayotimning bu ajoyib bobini umrimning oxirigacha eslayman», – deya gʻalaba qozonganidan soʻng oʻz his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi Karolina.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshalik Karolina Belyavska «Dunyo goʻzali – 2021» xalqaro goʻzallik tanlovida gʻalaba qozondi