
Foto: AP
Moskvaning Tver sudi Rossiyada Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini taqiqladi. Ta’kidlanishicha, sud qarori darhol kuchga kiradi.
Avvalroq Rossiya bosh prokuraturasi ushbu tarmoqlarga egalik qiluvchi Meta kompaniyasini ekstremistik tashkilot deb topishni so‘rab sudga murojaat qilgandi.
Prokuraturaning qayd etishicha, Instagram yolg‘on ma’lumotlarni o‘chirib tashlash bo‘yicha 4,5 mingdan ortiq talabni bajarmagan.
Ma’lum qilinishicha, sud qarori Meta kompaniyasi egalik qiluvchi WhatsApp messenjeriga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bundan tashqari, kompaniya ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmagan.
Rossiyada FacebookInstagram Ta'qiqlandiMoskva SudMeta KompaniyasiEkstremistik TashkilotIjtimoiy TarmoqlarYolg'on Ma'lumotlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar