Jasur Umirovning qizi 1 yoshni qarshi oldi (video)

Xonanda Jasur Umirov Instagram sahifasiga joylagan videosi orqali 19 sentyabr kuni qizi Sadiyaning tug‘ilgan kuni ekanini ma’lum qildi. Shu tariqa xonandaning qizi 1 yoshni qarshi oldi.
Jasur Umirov video ostiga “Tug‘ilgan kuni bugun”, deya izoh qoldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, xonandaning uch nafar farzandi bor. U 2 sentyabr kuni uchinchi bor ota bo‘lganini va oilasida yana bir qiz farzand dunyoga kelganini ma’lum qilgan edi. Biroq xonanda ikkinchi qizining ismini hozircha oshkor qilmagan.
Jasur Umirovning katta farzandi o‘g‘il bo‘lib, uning ismi Halid. Sadiya esa xonandaning katta qizi hisoblanadi.
Xonandaning qizini 1 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan muxlislar izohlarda Sadiyaga samimiy tilaklarini yo‘llamoqda.






























Izohlar 0
…