1 094
Fransiya va Germaniya ham rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuborishni boshladi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok
Foto: Reuters
Fransiya faoliyati mamlakat xavfsizlik manfaatlariga zid keladigan rossiyalik diplomatlarni o‘z yurtiga qaytarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilgan. Qancha diplomat Moskva ixtiyoriga qaytishi borasida aniq ma’lumot berilmagan. BFM telekanali, taxminan, 30 nafar diplomat Rossiyaga qaytishi mumkinligini bildirgan. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ushbu harakatlarga «munosib» javob qaytarilishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok rossiyalik diplomatlarning bir nechtasi persona non grata deb topilgani va bu ularning Rossiyaga qaytarib yuborilishini anglatishini bildirgan. Rossiya elchixonasi Germaniya Federativ Respublikasidan 40 nafar diplomat chiqarib yuborilayotganini xabar qilgan.
«Biz Rossiya elchixonasidagi xodimlarning aksar qismini persona non grata deb topdik. Hamkorlarimiz bilan birgalikda kelgusidagi reaksiyalarni kuzatib boramiz»,— deya Twitter’da post qoldirgan Berbok.
«Nemis siyosiy mashinasining bunday yomon harakatiga javob qaytaramiz»,— deya Mariya Zaxarova so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».
Bundan tashqari, 4 aprel kuni Litva Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yuborgan, shuningdek, mamlakatning Klaypeddagi konsulligini yopgan.
Avvalroq Bild nashri Germaniya hukumatining 100 nafargacha rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqchiligi haqida xabar bergan. Shuningdek, Germaniya Myunxendagi konsullik xodimini kosmik texnologiyalarga oid axborotlarni o‘g‘irlash uchun kelgan josus deb topgan va persona non grata deb e’lon qilgan.
29 martda Yevroittifoqning to‘rt mamlakati Belgiya, Niderlandiya, Irlandiya va Chexiya jami 43 nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududlaridan chiqarib yuborgan. Shuningdek, Slovakiya Rossiyadan elchixonadagi xodimlar birliklarining 35 nafarini qisqartirishni so‘ragan. Mazkur qarorlarga Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalarni boshlagani sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi