Foto: «RIA Novosti»
Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilib, uni lavozimidan chetlatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Votumga ovoz berishni 342 deputatdan 174 nafari qo‘llab-quvvatladi — jarayon 13 soatga yaqin davom etdi. Ovoz bergan muxolifatchilar Xonni mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilay olmayotganlikda va korrupsiyada aybladi.
Ishonchsizlik votumiga ovoz berish oldidan Pokiston Milliy Assambleyasining (parlament quyi palatasi) spikeri Asad Kayzer iste’foga chiqdi. U buni «Xonni hokimiyatdan olishga qaratilgan chet el fitnasida qatnasha olmasligi» bilan izohlagan. Xonning o‘zi uni olib tashlashga urinishlar ortida AQSH rasmiylari turganini aytgan.
Xon Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan, deya ta’kidlaydi BBC. Xususan, 24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangan birinchi kunda Pokiston bosh vaziri Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.
Pokiston parlamenti a’zolari bosh vazirga ishonchsizlik votumini 3 aprel kuni o‘tkazmoqchi edi. Biroq o‘shanda parlament vitse-spikeri ovoz berishni o‘tkazishdan bosh tortdi. Kayzer bu konstitutsiyaning 5-moddasiga zid ekanini aytdi.
Parlamentning bosh vazirga ishonchsizlik votumini o‘tkazishga urinishlari boshlangan zahoti prezident Orif Alviy Milliy assambleyani tarqatib yuborgandi.
Bunga javoban muxolifat parlamentni tark etishdan bosh tortayotganliklarini va o‘tirish uyushtirayotganini e’lon qildi. 7 aprel kuni Pokiston Oliy sudi Milliy assambleyani tarqatib yuborish va mamlakat bosh vaziriga ishonchsizlik votumini bekor qilishni «konstitutsiyaga zid» deb topdi va ovoz berishni 9 aprel kuni o‘tkazishga qaror qildi.
Reuters xabariga ko‘ra, «Pokiston musulmon ligasi» partiyasining yetakchisi Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘lishi mumkin. U ilgari uch marta mamlakat bosh vaziri bo‘lgan siyosatchi Navoz Sharifning ukasidir.
Pokiston bosh vaziri1, Imron Xon1, Ishonchsizlik votumi1, Lavozimidan chetlatildi1 “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”