1 937
«Nima qilayotgan bo‘lsak, odamlarga yordam berish, ularni qutqarish uchun qilyapmiz» - Putin
Foto: Belarus prezidentining matbuot xizmati
Kreml Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya»ni o‘tkazish zarurligiga shubha qilmaydi va qo‘yilgan maqsadlarga erishiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amur viloyatidagi «Vostochniy» kosmodromi ishchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».
«Qilayotgan ishlarimiz bilan bir tomondan odamlarga yordam beryapmiz, ularni qutqaryapmiz, boshqa tomondan esa Rossiyaning o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun shunchaki chora ko‘ryapmiz. Boshqa tanlovimiz yo‘qligi ravshan edi, bu to‘g‘ri qaror», — deydi Putin.
Putinning fikricha, Ukraina «Rossiyaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘riladigan maydon»ga aylana boshlagan, u yerda «anchadan beri mavjud millatchilik holatlarining o‘sishi kuzatilgan». «Neonatsizm, afsuski, bizga juda yaqin bo‘lgan davlatning asosiy yashash omiliga aylandi. Rossiya uchun bu kuchlar bilan to‘qnashuv muqarrar edi», — deya hisoblaydi Putin.
Shuningdek, u Ukrainadagi maxsus operatsiyaning maqsadlari «mutlaqo tushunarli va oliyjanob» — Donbassdagi odamlarga yordam berish ekanini qo‘shimcha qilgan.
Vladimir Putin «Vostochniy» kosmodromiga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan tashrif buyurgan. Tashrif davomida Rossiya prezidenti rossiyalik kosmonavtlarga davlat mukofotlarini topshirgan, «Roskosmos»ga Oy dasturini amalga oshirish va rus kemasida belarus kosmonavtini uchirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi