Rossiya London sanksiyalariga javoban Britaniya hukumatining asosiy a’zolari va bir qator siyosiy arboblarni, jumladan, bosh vazir Boris Jonson va Tashqi ishlar vaziri Elizabet Trussni Rossiyaning “stop listi”ga kiritdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar qildi.
“Britaniya hukumatining misli ko‘rilmagan dushmanlik harakatlari munosabati bilan, xususan, Rossiya Federatsiyasining yuqori mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiyalar qo‘llangani sababali Britaniya hukumatining asosiy a’zolari va bir qator siyosiy arboblarni ham “qora ro‘yxat”ga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, - deyilgan bayonotda.
Bayonotga Rossiyaga kirish taqiqlangan Britaniya amaldorlari ro‘yxati qayd etilgan. Ular orasida bosh vazir Boris Jonson, tashqi ishlar vaziri Elizabet Truss, mudofaa vaziri Ben Uolles.
Shuningdek, adliya vaziri Dominik Raab, moliya vaziri Rishi Sunak, ichki ishlar vaziri Priti Patelning ismlari ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi