Foto: «EADaily»
23 aprel kuni Finlyandiya parlamenti mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansi (NATO)ga a’zo bo‘lishi uchun ovoz berdi.
Parlamentdagi deputatlarning ko‘pchiligi NATOga a’zolikni yoqlashdi. Finlyandiya tashkilotga a’zolik uchun Shvetsiya bilan birgalikda ariza topshirgani ma’qul, deyishdi parlament a’zolari.
Finlyandiya parlamenti endi NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza yuboradi. Voqea yoz fasliga to‘g‘ri kelishi mumkin.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, agarda zarur hujjatlarni taqdim etishsa, Finlyandiya va Shvetsiya harbiy blokka tezlashtirilgan tartibda qabul qilinishini aytgan.
Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara uzunligi — 1 265 kilometr. Rossiyaning NATO davlatlari (Norvegiya, Estoniya, Latviya, Litva va Polsha) bilan quruqlikdagi chegaralari uzunligi shu paytgacha 1 215 kilometr edi. Alyansning sharqqa kengayishini istamayotgan Rossiyaning Shimoliy alyans bilan quruqlikdagi chegaralari ikki baravardan ziyodroqqa (2 480 km) cho‘zilishga juda yaqin. Kamiga Rossiyaning Kaliningrad viloyati suv va quruqlikda NATO mamlakatlari «bag‘rida» qolib ketishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar