Sifatli go‘shtni qanday tanlash bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berdi

1 daqiqa o'qish1.6K
Sifatli go‘shtni qanday tanlash bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berdi
O‘zbekistonda aholi ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlardan biri go‘sht va go‘sht mahsulotlaridir. Yangi yil arafasida iste’molchilarda go‘shtga talab bir necha barobarga ortadi. «Daryo» muxbiri Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat ilmiy markazi direktori Bahriddin Tongyoriqovdan sifatli go‘shtni qanday farqlash yuzasidan izoh oldi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, har bir iste’molchi, avvalo, o‘zi iste’mol qilayotgan mahsulotning kelib chiqishini bilishi kerak.

«Birinchi navbatda, mahsulotni turg‘un savdo shoxobchalaridan olish lozim. Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsulotlarini olmaslikni tavsiya qilaman. Shuningdek, sotib olinayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari, albatta, veterinariya sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. Bu hayvonlar maxsus belgilangan joylarda so‘yilgani, tekshiruvdan o‘tkazilgani va eng muhimi sifati kafolatlanganini ko‘rsatadi», — dedi Bahriddin Tongyoriqov.

Markaz rahbarining alohida ta’kidlashicha, go‘shtning yaroqsizligining birinchi belgisi yaxshi qonsizlanmagan bo‘ladi.

«Agar hayvon kasal yoki oxirgi o‘lim holatida so‘yilgan bo‘lsa, uning go‘shti, albatta, u qora rangda bo‘ladi. Go‘shtga toza ro‘molcha yoki qog‘oz sochiq tekkazib ko‘rilganda tekkazilgan narsada qon bo‘ladi. Yaxshi qonsizlanmagan go‘sht tez buziladi. Yana ham aniqlik kiritish kerak bo‘lsa, so‘yilgan hayvonning ichki a’zolari: o‘pka, jigar va talog‘iga e’tibor berish kerak. Masalan, talog‘i bosib ko‘rilganda laxta qon chiqsa bu go‘sht sifatsiz bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘ladi», — dedi mutaxassis.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?