18:42 / 07.01.2023
637

Nima uchun 80 yillarda ishlab chiqarilgan go‘zallik vositasi hanuzgacha ommabopligini yo‘qotmadi?

Nima uchun 80 yillarda ishlab chiqarilgan go‘zallik vositasi hanuzgacha ommabopligini yo‘qotmadi?
«Balet» o‘tgan asrning 80 yillarida ishlab chiqarilgan ilk tonal kremidir. U hozirda ham kosmetik mahsulotlar orasida o‘z o‘rnini yo‘qotmagan. Hattoki ushbu tonal vositasini chet el mahsulotlari bilan ham solishtirish mumkin, deb yozadi «Noviy ochag».

Birinchi «Balet» kremi 1981 yilda «Svoboda» zavodida ishlab chiqarilgan. U ilgari Gollivuddagi aktyorlar (hatto Charli Chaplin)ning bo‘yanishi uchun ishlatilgan talk va suyuq pigmentni o‘z ichiga olgan. Tonal krem faqat bitta rangda ishlab chiqarilgan va u ham quyuq tuzilishga ega bo‘lgan. Oziqlantiruvchi vitaminlarga kelsak, tonal krem bu borada maqtovga sazovor. Uning tarkibiy qismlari orasida E vitamini, kunjut, jojoba yog‘i, glitserin, regenerativ xususiyatlarga ega asal mumi, chakanda, tikanak, kalendula ekstraktlari va efir moyi mavjud.

Balerina tasviri tushirilgan qadoq dizayni «Svoboda» bosh rassomi Boris Rodionov tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik «Svoboda» va L'Oreal brendi birgalikda yuqori sifatli «Jeme» krem-upasini ishlab chiqardi.

Shuningdek, «Svoboda» o‘z mahsulot qatorini kengaytirdi, «Balet» brendi ostida endi massaj, sovun, sochlar uchun balzam va BB-kremlar sotuvga chiqdi. Ko‘pchilik hanuzgacha ajoyib narxga bir tekis rangga ega bo‘lish, husnbuzar izlari va qizarish ko‘rinishidagi teri kamchiliklarini yashirish uchun ushbu tonal kremini sotib oladi. Qolaversa, ushbu vosita quruq teri egalari uchun ayni muddao, sababi u terini yumshatishga ham yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun 80 yillarda ishlab chiqarilgan go‘zallik vositasi hanuzgacha ommabopligini yo‘qotmadi?