Endilikda jamoat joylarida nojo‘ya harakat qilgan juftliklarga qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin

Endilikda jamoat joylarida nojo‘ya harakat qilgan juftliklarga qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin

O‘zbekistonda jamoat joylarida odob-axloq qoidalarini buzish yoki atrofdagilar ko‘z o‘ngida ochiq shahvoniy harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holatlarni aniqlashda kuzatuv kameralaridan foydalanish, jumladan, Face ID tizimi orqali qoidabuzarlarni aniqlash amaliyoti qo‘llaniladi. Shundan so‘ng tegishli shaxslar ota-onasi bilan birga tuman ichki ishlar bo‘limiga chaqirilishi mumkin.

Qoidabuzarlik holatiga qarab, fuqarolarga nisbatan jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

Mutasaddilar bunday choralar jamoat joylarida tartibni saqlash, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash hamda odob-axloq qoidalariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilganini bildirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar