Amerikalik shifokorlar ogohlantirmoqda: so‘nggi 20 yil ichida 35-54 yoshdagi ayollarning yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilish foizi faqatgina AQSHda emas, balki butun dunyoda 21 foizdan 31 foizga oshdi. Nima uchun bu holat yuz berdi va bu foizni qanday kamaytirish mumkin?
So‘nggi 50 yil ichida tibbiyot ko‘plab yurak muammolarini hal qilishni o‘rgandi. 60-yillarda butun dunyoda infarkt kasalligining o‘lim darajasi ancha yuqori edi, shundan beri yangi dorilar va davolash usullari ixtiro qilinib, infarktning oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi.
Ammo bu yutuqlar aholining barcha guruhlariga ta’sir qilmadi va 35-54 yoshdagi ayollarda statistik ma’lumotlarning yomonlashuvi kuzatilmoqda (erkaklarda esa o‘zgarish yo‘q, ammo bu ham juda yaxshi emas).
- E’tiborsizlik
O‘rta yoshdagi ayollar yurak kasalliklarining oldini olish choralaridan chetda qolmoqda. Bu hali hammasi emas: gipertoniya va diabet aniqlangan ayollar foizi ham oshdi. Infarkt keksalar uchun hozir ham sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan biridir.
- Boshqacha belgilar
Yana bir kuzatuv — ayollar yurak xurujini erkaklarnikidan farqli ravishda boshdan kechirishi mumkin. Ko‘pchilik buni sezmaydi! Yordam keyinroq va jiddiyroq holatlardagina ko‘rsatiladi. Agar erkaklar yuraklarini changallab, stullardan keskin ag‘anab ketsalar, ayollar bel og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, terlash, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishidan shikoyat qiladilar. Bularning barchasi yurak bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasligi mumkin va shifokorlar bunda “reflyuks” yoki “ortiqcha tashvishlanish” tashxisini qo‘yishadi.
- Xavf — menopauzada
Menopauzadan oldin ayollarda xavf darajasi pastroq, ammo organizmdagi katta o‘zgarishlar davrida xavf ortadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, infarkt oqibatida vafot etgan ayollarning 60 foizida ilgari yurak muammolari kuzatilgan. Sabablarga erta menopauza, stress va depressiya kiradi. Mutaxassislar ayollardan sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish va muammoni diqqat bilan izlashni tavsiya qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring