date

Kun davomida uyqusiramaslik uchun foydali tavsiyalar

Kun davomida uyqusiramaslik uchun foydali tavsiyalar

Ba’zida shunday kunlar bo‘ladiki, uyqu sizni chidab bo‘lmas darajada o‘ziga tortadi. Xo‘sh, uyqusirashdan qanday qilib qutulish mumkin. Quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Aniq vaqtni belgilang

Uyquga ketish va turish vaqtini rejalashtirib olib, unga amal qilishni o‘rganing. Dam olish kunlari ham bundan mustasno emas.

Uyquga etarlicha vaqt ajrating

Bir sutka davomida katta odamlar o‘rtacha hisobda 7-9 soat, o‘smirlar esa 9 soat uxlashlari kerak.

Jismoniy faol bo‘ling

Muntazam ravishda mashqlar yaxshi uyqu garovidir. Mashqlardan keyingi toliqish sizga tez va oson uyquni keltirib chiqaradi.

Shom bo‘lgan vaqtda uxlamang

Kunbotar paytidagi biroz uxlash, kechki paytdagi hordiq chiqarishingizga ta’sir qiladi. Kunduzgi uyqusirashni oshiradi.

Ovqatlanish vaqtingizni ham tartibga soling


Ovqatlanishni muntazam bir vaqtda qilishingiz ham uyquning bir maromda kechishiga ta’sir qiladi. Uyquga ketish oldidan kamida 2-3 soat oldin ovqatlanish maqsadga muvofiqdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Kun davomida uyqusiramaslik uchun foydali tavsiyalar