Foto: Unsplash
Kasallik har doim kutilmaganda keladi. Ayniqsa sovuq mavsumda ORVI bilan kasallanganlar soni odatdagidan ko‘proq bo‘ladi. Agar siz tezda oyoqqa turishni istasangiz, shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan ushbu qoidalarga amal qiling.
Issiq dush qabul qiling
Eskilarimizning shamollab qolganda hammomda uzoq qolmaslik, soch yuvmaslik kerak degan maslahatlarini unutish vaqti keldi. Reading universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Saymon Klarkning so‘zlariga ko‘ra, issiq bug‘li vanna yoki dush qabul qilish qon aylanishini yaxshilaydi, mushaklardagi og‘riqni yo‘qotadi va davolanish jarayonini tezlashtiradi.
“Hammomdagi issiq bug‘ burun yo‘llari shamollashini bartaraf etishga yordam beradi”, — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Bundan tashqari, shifokorlar issiq suv bug‘idan nafas olish mashqini qilishni ham foydali ekanini aytadi.
Sayr qiling
Albatta isitma, holsizlik va bosh aylanishi bo‘lsa, bu yaxshi yechim emas. Ammo uyg‘onganingizda va tana harorat 37 darajaga tushganida bir muddat toza havoda sayr qilish immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
“Sovuq havoda sayr qilish burun kasalliklarining oldini oladi va o‘zingizni tetik his qilishingizga yordam beradi”, — deydi doktor Klark.
Ko‘proq achchiq mahsulotlarni iste’mol qiling. Achchiq mahsulotlar viruslarni yo‘q qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular yo‘tal va tomoq og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradigan balg‘am ajralish jarayonini tezlashtiradi. Doktor Klark karri kabi ziravorlarga alohida e’tibor berish kerakligini tavsiya qiladi.
“Karri tarkibida ko‘p miqdorda sarimsoq piyoz va zanjabil bor. Bu mahsulotlar sinkka boy, bu esa rinoviruslaga qarshi kurashishda faol yordam beradi”, — deydi mutaxassis.
Ko‘proq issiq ichimliklar qabul qiling
2008 yilda Rhinology ilmiy jurnali har qanday issiq ichimlik balg‘am ajralishiga va tomoq og‘rig‘ini yumshatishga, shuningdek, burun bitishidan xalos bo‘lishga yordam beradigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.
Mutaxassislar tajribasi davomida ma’lum bo‘ldiki, boshqa variantlarga qaraganda, smorodinali issiq ichimlik shamollashdan tezroq qutulishga yordam beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring