17:03 / 03.02.2024
193

Nima uchun soat 21:00 dan keyin ovqatlanish tavsiya etilmaydi?

Nima uchun soat 21:00 dan keyin ovqatlanish tavsiya etilmaydi?
Foto: Shutterstock
Kech ovqatlanish zararsizdek bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin kech ovqatlanishni yaxshi ko‘radiganlar bilmagan holda xavfli patologiyani o‘zlariga yaqinlashtiradi.

Fransuz olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 100 mingga yaqin inson ishtirok etadi. Ularning har biri ish va dam olish kunlarida ovqatlanish vaqtini belgilab boradigan oziq-ovqat kundaligini to‘ldiradi. Kuzatishlar 7 yil davom etib, shu davr mobaynida 2000 dan ortiq yurak-qon tomir kasalliklari qayd etiladi.

Olimlar soat 21:00 dan keyin ovqatlanadigan insonlarda 20:00 gacha ovqatlanadiganlarga qaraganda insult yoki vaqtinchalik ishemik kasalligi (mini-insult) 28 foizga ko‘proq bo‘lganini aniqlaydi.

Foto: Shutterstock
Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari oziq-ovqatning kech hazm bo‘lishi qondagi qand miqdori va qon bosimini sezilarli darajada oshishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Vaqt o‘tishi bilan qon tomirlariga zarar yetkazishi mumkin, shuningdek, yurak xuruji va insultga sababi bo‘ladigan tromb paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

Tadqiqotchi doktor Bernar Srourning ta’kidlashicha, bugungi kunda tig‘iz ish jadvallar bilan band bo‘lsak-da, kechki ovqat vaqtini to‘g‘ri tanlash yurak salomatligi uchun juda muhimdir. Shu bilan birga, yurak-qon tomir kasalliklari va ovqatlanish vaqtining buzilishi asosan tadqiqotda ishtirok etgan ayollarda qayd etilgan.

Foto: Shutterstock
Organizmning yaxshi ishlashi va yurak salomatligini saqlash uchun ozuqa tarkibida asosini kartoshka, non, guruch, makaron va boshqa kraxmalli uglevodlar bo‘lishi lozim. Har kuni har xil meva va sabzavotlar, shuningdek, 30 gramm kletchatka iste’mol qilish lozim. Qolaversa, sut mahsulotlarini yoki ularning muqobillarini (masalan, soya ichimliklari) iste’mol qilishni, shakar va yog‘ miqdori past bo‘lgan mahsulotlarni va yetarli miqdorda dukkakli, baliq, tuxum va go‘sht iste’mol qilishni unutmang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun soat 21:00 dan keyin ovqatlanish tavsiya etilmaydi?