05:00 / 01.04.2024
450

Nevropatolog olim Zarifboy Ibodullayev: “Tez asabiylashadigan kishilarga ro‘za tutishni tavsiya qilaman”

Nevropatolog olim Zarifboy Ibodullayev: “Tez asabiylashadigan kishilarga ro‘za tutishni tavsiya qilaman”
Foto: “Daryo" / Zarifboy Ibodullayev
Nevropatolog olim, professor Zarifboy Ibodullayev nevrologik kasalliklarni qay holatlarda ro‘za tutish mumkin yoki qay holatlarda tavsiya etilmasligi yuzasidan “Daryo” nashriga izoh berdi.

Olimning aytishicha, epilepsiya kasalligida har 4 soatda yoki 12 soatda iste’mol qilinadigan dorilar bor. Bunday holatlarda saharlikda bitta, iftorlikda bitta dori ichib, ro‘za tutsa bo‘ladi.

"Insult bilan infarktni oladigan bo‘lsak, insultning shunaqa turlari borki, uning o‘tkir davrida tabiiyki ro‘za tutilmaydi. Insult bo‘lganiga 3-6 oy bo‘lgan yoki 1 yil bo‘lganlar dorilarni ikki qismga — ertalab va kechqurunga ajratib olishi mumkin.

Ko‘pincha to‘yib yeganda yoki yog‘li ovqat iste’mol qilganda qon bosimi oshadi. Qon bosimining juda ko‘p turlarida — aritmiya kabi yurak kasalliklarida namoyon bo‘lmaydigan oddiy qon bosimlarda ro‘za tutish foydali
", — deydi nevropatolog.

Zarifboy Ibodullayevning alohida ta’kidlashicha, nevroz va depressiyasi bor kishilarga ro‘za tutishi juda foydali.

"Depressiya va nevrozda insonning kayfiyati buziladigan, ya’ni noturg‘un bo‘ladigan holat. Psixoterapiya ishtiyoqni, irodani va har qanday vaziyatda ham sabrni kuchaytirishga qaratiladi. Ro‘za tutish aynan sabrni, tartibni shakllantiradi, miya tartibni juda yaxshi ko‘radi", — deydi olim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nevropatolog olim Zarifboy Ibodullayev: “Tez asabiylashadigan kishilarga ro‘za tutishni tavsiya qilaman”