05:30 / 17.04.2024
165

Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi

Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi
Dunyoda har yili 4 milliondan ortiq odam sigaret chekishi tufayli vafot etadi. Bu giyohvandlikdan o‘ladiganlar va urushlarda halok bo‘ladiganlar sonidan ham bir necha barobar ko‘p. Shunga qaramay, nega chekuvchilar — o‘smirlardan tortib qariyalargacha — bila turib bu zararli odatni tashlay olmaydi?

Odatda bunga sabab qilib tananing nikotinga qaram bo‘lib qolishi ko‘rsatiladi. Ammo chekish jismoniy emas, balki psixologik tobelikdir. „Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi chekishni tashlashning psixologik tomonlarini ochib beradi. Unda quruq qo‘rqitish va targ‘ibot emas, balki yillar davomida sinalgan samarali maslahatlar jamlangan.

Ushbu kitob nomiga mos ravishda chekishdan oson qutulish sirlari haqida. Muallif iroda kuchiga tayanadigan an’anaviy usullarga qarshi chiqib, o‘z usulini fikrlash tarzini tubdan o‘zgartirish asosida shakllantiradi. “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobxonlarga chekishni tashlashga qurbonlik emas, balki ozodlik sifatida qarashga imkon beradi.

Muallifning o‘zi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram bo‘lgan. U o‘zi taklif etayotgan yo‘l bilan kuniga 60-100 dona sigaret tutatishdan butunlay chekmaslik darajasiga kela oladi. So‘ng amalda ish bergan barcha tavsiyalarni jamlab, chekishni tashlashning oson yo‘lini bir kitobga aylantiradi. Bu usul hozirgacha 50 million insonga sigaretga qaramlikdan qutulishga yordam bergan.

Kitobning eng muhim 2 afzalligi:
  • Og‘riqsiz qutulish: Kitob sababli chekishdan og‘riqsiz va ruhiy qiyinchiliklarsiz xalos bo‘lish mumkin.
  • Uzoq muddatli muvaffaqiyat: Kitobdagi usullar chekishdan bir urinishda butunlay voz kechishga yordam beradi.

“Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” bir necha yillik chekuvchilardan tortib havaskorlargacha bo‘lgan odamlarga chekishni tashlashda qo‘l keldi. Kitobda chekishni iroda kuchidan foydalanmasdan tashlashning yo‘li ko‘rsatilgan. Bu usul og‘riqsiz, arzon va psixologik jihatdan samarali ekanligi millionlab insonlar tajribasida isbotlangan.

Chekishning global epidemiyasi salomatlik va farovonlikka jiddiy zarar yetkazishda davom etar ekan, sigaretni tashlashning samarali usuliga bo‘lgan ehtiyoj hech qachon bu qadar dolzarb bo‘lmagan. Bu kitob bilan Allen Karr qaramlikdan qutulish va sog‘lom hayotga qaytish yo‘lini ko‘rsatib beradi. O‘zi kashandalikdan samarali qutulgan muallif yana minglab insonlarga yordam berishi shubhasiz.

Kitob “Asaxiy Books” va “Xalq banki” hamkorligida chop etilgan. Bank ko‘magi jamiyat uchun yana bir foydali kitob chiqishida muhim rol o‘ynadi. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrirlar, korrektorlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishlagan. Matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan va qattiq muqovada chop etilgan.

“Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi hozirda www.asaxiy.uz internet do‘konida sotilmoqda va O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi.

Kitob haqida ma’lumot va buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/6613cf874a5f8

www.asaxiy.uz saytida kitoblardan boshqa maishiy texnika, elektronika vositalari, kompyuter jihozlari, smartfonlar va gadjetlar ham sotuvda mavjud. Qulaylik uchun onlayn muddatli to‘lov xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi