13:05 / 11.05.2024
260

Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?

Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?
Yoz faslini havoni sovitib beruvchi konditsionersiz tasavvur qilish mushkul. Ushbu texnika ostida jon saqlaydigan ofis ishchilari va boshqa barcha foydalanuvchilar konditsionerni ishlatish qoidalariga amal qilishni unutmasligi lozim.

Foto: iStock
Konditsioner ishlayotgan xonadagi havo quruqlashadi, inson o‘zini holsiz his etadi va ba’zilarda bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Konditsionerdan chiqayotgan sovuq havo oqimi xonadagi odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelsa, tananing yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Quruq havo oqimlari terining holatiga ham ta’sir qiladi: surunkali dermatozi bor insonlarda teri qurishi, qichishi va hatto toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, konditsioner burun shilliq qavatiga ham salbiy ta’sir etib, tomoq og‘rishi, burun oqishi, ko‘zlar yoshlanishi hamda allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Foto: News-Medical
Konditsioner havo filtrlari bir yilda kamida ikki marotaba tozalanishi kerak. Konditsioner feni o‘zidan xonadagi havoni aylantirishi natijasida havo tarkibida bo‘lgan barcha changlar va kasallik tarqatuvchi mikroblar filtrda qolib ketadi. Agarda filtrlar o‘z vaqtida tozalanmasa, ular to‘ladi va xonadagi havo ifloslanadi. Bu esa o‘tkir virusli va respirator kasalliklarga olib keladi.

Foto: Alamy
Masalan, legionella bakteriyasi nam havoda va kichik suv tomchilarida to‘planib qoladi. 1976 yilda AQSHda ilk bor ushbu bakteriya keltirib chiqaradigan kasallikning tarqalishi qayd etilgan. Amerikada bir mehmonxonada qolgan AQSH legionlar yig‘ilishining 200 nafar ishtirokchilari kasal bo‘lib qolgan. Ularda grippga o‘xshash alomatlar kuzatilgan. Keyinchalik kasallikni qo‘zg‘atuvchi patogen aniqlandi va unga mos ravishda legionella deb nom berildi.

Foto: Vecteezy
Bunday bakteriyalar tarqalmasligi uchun hozirgi ishlab chiqariladigan konditsionerlarda bakteriyalarning rivojlanish xavfini kamaytiradigan antibakterial filtrlar mavjud. Ular muntazam tozalab turilsa, konditsioner uchun to‘g‘ri joy tanlab o‘rnatilsa hamda undan chiqayotgan harorat darajasi me’yorida bo‘lsa, hech kim kasallanmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?