Foto: Life Nut
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi o‘limlarning asosiy sabablaridan biri yurak-qon tomir kasalliklari hisoblanadi. Ularning aksariyati o‘z vaqtida e’tibor berilmagan va davolanmagan yuqori qon bosimidan kelib chiqadi.
Qon bosimi ba’zan oshib turadigan insonlar doim ham kimyoviy preparatlar bilan davolanishi shart emas. Tabiat in’om etgan tabiiy mahsulotlar orasida uzum qoqisi — mayiz qon bosimini normallashtirish xususiyatiga ega. Mayiz kaliyga boy mahsulot bo‘lib, bir oz oshgan arterial qon bosimini tushirishga yordam beradi.
Agar jismoniy mashqlarni kanda qilmaslik, spirtli ichimliklarni cheklash, chekishni tashlash va yaxshi uxlash kabi sog‘lom turmush tarziga rioya qilsangiz, shifokor ko‘rsatmasiga binoan qon bosimini kundalik mahsulotlar yordamida me’yorda saqlab turish imkoniyati mavjud.
Foto: Alamy
Shuningdek, tarkibida natriy miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni cheklash va kaliyga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish yurak va qon tomir faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
2022 yilda European Heart Journal nashrida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kaliyga boy mahsulotlar (jumladan mayiz)ni ko‘proq iste’mol qilgan bemorlarda qon bosimi me’yorda va yurak xastaliklari xavfi esa kam bo‘ladi.
Agar siz mayizni yaxshi ko‘rmasangiz, qon bosimingizni nazorat qilishga yordam beradigan boshqa kaliy tarkibli oziq-ovqatlar mavjud. Ularga banan, marakuyya, avokado, turli sabzavotlar, dukkaklilar va sut mahsulotlari kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi