Aksar insonlar uchun ertalab barvaqt turish qiyinroq kechadi. Issiq to‘shakdan turish va tetik bo‘lish ulardan juda katta kuch talab etadi. Albatta, tongda ichilgan bir finjon qahva bunda yordam berishi mumkin, ammo ushbu ichimlik zarardan xoli emas.
Foto: Alamy
Kofein asabiylik keltirib chiqarishi, oshqozon bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi hamda uyqu tartibini buzishi mumkin. Quyida kofeindan voz kechish va boshqa usullar orqali tongda tetik uyg‘onish sirlari bilan bo‘lishamiz.
Salat iste’mol qilish
Ismaloq, karam kabi ko‘kat va yashil sabzavotlardan tayyorlangan salat organizmni B vitamin bilan to‘yintiradi va energiya baxsh etadi.
Oqsilga boy biror mahsulot tanovul qilish
Uglevodlarga to‘la shirinlik va turli pishiriqlar bilan kunni boshlashdan ko‘ra foydali oqsil va yog‘lardan iborat taom bilan nonushta qilish afzal. Oqsil uzoqroq vaqt davomida hazm bo‘ladi va qondagi shakar miqdori keskin oshmasligi hisobiga davomiy energiya beradi.
Foto: Lisa.ru
Saqich chaynash
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, saqich chaynash sergaklikni oshiradi, diqqatni jamlaydi va ish kuni davomida samaradorlikni oshiradi.
Ko‘proq suv ichish
Inson o‘zini zaif his qilishi organizmga suv yetishmaganligidan darak berishi mumkin. Charchoq ko‘pincha suvsizlanish belgilaridan biridir.
Toza havoga chiqish
Atrof-muhitni o‘zgartirish, toza havo va quyosh nuri tetiklik berish bilan birga uyqusizlikdan aziyat chekadigan insonlarga ham foydalidir.
Badantarbiya qilish
Tanani harakatga keltirish hujayralarga ko‘proq energiya kerakligi haqida belgi beradi. Shuningdek, endorfinlar gormoni ishlab chiqilishiga o‘z hissasini qo‘shadigan sport mashg‘ulotlari organizmda yetarli miqdorda energiya bo‘lishiga yordam beradi.
Kun tartibiga rioya etish
Agar siz har kuni bir vaqtda uyquga ketsangiz va uyg‘onsangiz, tanangiz qachon turish va qachon dam olish kerakligini tushunadi va eslab qoladi.
Aromaterapiya
Evkalipt, limon yoki yalpiz isi hislarni faollashtiradi va diqqatni jamlash, energiya olishga yordam beradi
Diqqatni boshqa ishga qaratish
Ish vaqtida tez charchab qolish ko‘zlarga bir oz dam berish payti kelganiga ishora qiladi. Kompyuter qarshisida uzoq vaqt ishlaydigan shaxslar vaqti-vaqti bilan diqqatni boshqa narsa yoki yumushga qaratishi va ko‘zlar mashqini bajarishi lozim.
Foto: Shutterstock
Kofeindan voz kechishning foydasi ko‘p, masalan, qahva ichishni tark etganda:
- uyqu sifati va energiya darajasi oshadi;
- sababsiz bosh og‘riqlari kamayadi;
- asabiylashish holatlari kamroq sodir bo‘ladi;
- oshqozon-ichak traktining ishi yaxshilanadi.
Qahvadan voz kechishning ilk haftasida kuchli uyquchanlik va charchoq kuzatilishi tabiiy, ammo bunday holat bir-ikki haftada o‘tib ketadi va organizm asta-sekin ko‘nika boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi