Terlash tabiiy fiziologik jarayon bo‘lib, organizm shu tarzda tananing qizib ketishi bilan kurashadi. Terlashdan avval bosh miyadagi termoregulyatsiya markazi tana haroratining oshganini aniqlaydi, so‘ng ter bezlarini ochish buyrug‘ini yuboradi. Shunday qilib tanadagi bug‘langan namlik terining yuzasiga yetib boradi va natijada terlash orqali tana harorati pasayadi.
Foto: Alamy
Teri orqali zararli toksinlar ham chiqib ketadi, shuning uchun terlash normal va mutlaqo tabiiy jarayondir. Ammo ba’zan ortiqcha terlash kundalik hayotda sezilarli noqulaylik tug‘diradi. Uning oldini olish uchun quyidagi oddiy va samarali maslahatlarga amal qilishni tavsiya etamiz.
Dezodorant o‘rniga antiperspirantdan foydalanish
Bu ikki vositani adashtirib yubormaslik lozim. Mutaxassislar yaxshi antiperspirant tanlash nafaqat qulaylik, balki sog‘lik garovi ekanligini ta’kidlaydi. Dezodorant noxush hidni bartaraf etadi xolos, antiperspirant esa ortiqcha namlik miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Foto: Getty Images
Sifatli dezodorant neytrallangan alyuminiy tuzlarini o‘z ichiga olishi kerak. Antiperspirantlar tarkibida bo‘lsa kamroq xlorid kislotasi mavjud va hatto tez-tez qo‘llansa ham teriga shikast yetkazmaydi. Vositani toza va quruq teriga, tashqariga chiqishdan kamida 5 soat avval, eng yaxshisi uxlashdan avval ishlatish samarali bo‘ladi.
To‘g‘ri ovqatlanish
Aynan taomlarni to‘g‘ri tanlab iste’mol qilish ham terlashga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z taomnomangizga mevalar, pishloq, tvorog, ko‘k choy va tabiiy yogurtlarni qo‘shishga harakat qiling. Kofeinni o‘z ichiga olgan ichimliklar, achchiq va qaynoq ovqatlar, spirtli ichimliklar ko‘p teri ajralishi va badbo‘y hidga sabab bo‘ladi.
Qulay kiyim va poyabzal tanlash
Mutaxassislar terlashni kamaytirish uchun tabiiy teridan ishlab chiqarilgan yoki yuzasi tekstildan bo‘lgan poyabzal kiyishni tavsiya qiladi. Kiyim-kechak ham tabiiy va havo o‘tkazadigan matolardan iborat bo‘lishi kerak.
Suv ichish
Foto: Getty Images
Ko‘pchilik ortiqcha terlamaslik uchun suv ichmaslikni afzal biladi. Ammo yetarlicha suyuqlik ichish aksincha, kamroq terlashga yordam beradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kuniga kamida bir yarim litr suv ichish kerak.
Zararli odatlardan voz kechish
Shifokorlar ko‘p terlashning sabablaridan biri sifatida chekishni ham ta’kidlaydi. Chunki nikotin yurak urishini tezlashtiradi, bu esa tana haroratining ko‘tarilishiga va terlashning kuchayishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi