10:47 / 30.06.2024
570

Inson qaysi yoshda o‘zini eng baxtsiz his qiladi?

Inson qaysi yoshda o‘zini eng baxtsiz his qiladi?
Foto: Freepik
Rivojlangan mamlakatlarda shakllangan tendensiyaga ko‘ra, odamlar 47 yosh va 2 oyni qoralagan paytlarida o‘zlarini eng baxtsiz his etishadi. Biroq 48 yosh va 2 oyga to‘lgandan boshlab, buning aksi boshlanadi.

Dartmut kolleji (AQSH) iqtisodiyot bo‘yicha professori Devid Blanchflauer 132 mamlakatdan to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga keldi. Demak, o‘rta yosh inqirozi — quruq gap emas.

Blanchflauerga ko‘ra, insonning umri davomidagi hissiy farovonligini U shaklida ifodalash mumkin. Shu taqasimon chiziq yosh o‘tishi bilan yuz beradigan baxt darajasi o‘zgarishlarini ko‘rsatadi, baxtni his etishning eng quyi nuqtasi taxminan 47-48 yoshlarga to‘g‘ri keladi.

«Bu keksalik eshik qoqayotganini his etish bilan ham bog‘liq. Odam shu yoshdan o‘tgan umrini sarhisob qilishni boshlaydi. Ko‘p narsalardan hafsalasi pir bo‘lishi mumkin. Ishidan, ayni paytda moliyaviya holatidan qoniqmaslik unga tinchlik bermaydi. Qolaversa, 40 yoshlarga kelib erkaklarda testosteron, ayollarda esa estrogen darajasi pasayishi yanada yaqqol sezilishni boshlaydi», — tushuntiradi Blanchflauer.

O‘z hayotidan qoniqmaslik odamning yashash joyi yoki salomatligiga bog‘liq emas.

Biroq tushkunlikka tushish kerakmas, vaqt o‘tishi bilan baxtni his etish tiklanadi, deya ishontiradi mutaxassis.

«Baxt chizig‘i» (U)ning yuqori cho‘qqilari — inson o‘zini eng baxtli deb biladigan davrlar 20 yosh va 70 yoshlarda kuzatiladi. Ya’ni o‘rta yosh inqirozi (47-48 yosh)dan so‘ng yaxshi davrlar boshlandi. Chunki yillar odamning aqliga aql qo‘shadi», — deydi Blanchflauer.

O‘rta yosh inqirozidan o‘tib olgan odamlarning moddiy boyliklar, xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishga qiziqishlari kamayib, ko‘proq oilasi va do‘stlarini qadrlashni boshlashadi. O‘z hobbilari, dam olishga e’tibor qaratishga o‘tishadi.

Blanchflauer hayotdagi inqirozdan tezroq chiqib olish uchun sog‘lom uyqu, faol harakat va me’yorda ovqatlanishga rioya qilishni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson qaysi yoshda o‘zini eng baxtsiz his qiladi?