Uglevodlarning qondagi qand miqdorini oshirish qobiliyati glikemik effekt hisoblanadi. Bunday uglevodlarning oddiy yoki murakkab ekanini ko‘rsatuvchi o‘lcham esa glikemik indeks deb ataladi. Past glikemik indeksli mahsulotlar umumiy salomatlikning asosi hisoblanadi. Ular sekinroq hazm bo‘ladi va so‘riladi, bu esa bizga uzoq muddatga to‘yinganlik hissini beradi.
Foto: Marie Claire
Quyidagi mahsulotlardan tashkil topgan parhez kundalik kaloriyalarni kamaytirish va qondagi shakar darajasini barqarorlashtirish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Dukkaklilar
Foto: Marie Claire
Dukkakli o‘simliklar oqsilning eng foydali manbai bo‘lib, ularda to‘yingan yog‘lar kam uchraydi. Yurak-qon tomir kasalliklari va xolesterin miqdorini kamaytirish uchun no‘xat, loviya yoki yasmiqni asta-sekin kundalik parhezga kiritish mumkin. Turli-tuman foydali minerallar va o‘simlik tolasiga ega bo‘lgan dukkaklilar qonda shakarning keskin oshib ketishning oldini oladi va qand kasalligiga chalinish xavfini kamaytiradi.
Bugungi kunda mutaxassislar dukkaklilarni ochlik hissini kamaytiradigan tabiiy mahsulot deb ataydi.
Rezavor mevalar
Foto: Marie Claire
Uzoq yillar davomida ortiqcha vazn bilan kurashib kelayotgan insonlar rezavorlarning naqadar foydali ekanini ta’kidlaydi. Bunday mevalar shirinliklarga bo‘lgan kuchli ishtiyoqdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Hatto rezavorlarda shirinliklardagi kabi shakar bo‘lsa ham, ularning asosini antioksidantlar va pektin kabi eriydigan tolalar tashkil qiladi. Pektin shakarning qonga singish tezligini sekinlashtiradi va shakar miqdorini tartibga solishga yordam beradi.
Shuningdek, rezavorlar tarkibidagi antioksidantlar va polifenollar yurak kasalliklarining sababchisi bo‘lgan oksidativ stressni kamaytiradi.
Suli yormasi
Foto: Marie Claire
Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa ko‘p mamlakatlarda keng tarqalgan nonushta turi bo‘lib, uni suv yoki sutda pishirish, asal, yong‘oq, mevalar qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Suli tarkibidagi kletchatkalar ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va undagi foydali bakteriyalarni oziqlantirish uchun zarur bo‘lgan prebiotiklarni o‘zida saqlaydi.
Suli yormasi tarkibida mavjud bo‘lgan beta-glyukanlar nafaqat xolesterin, balki qonda shakar miqdoriga ham ta’sir qiladi, bu ichaklarda ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi. Shunday qilib, ovqatlanish paytida glyukoza darajasi sezilarli oshadi. Yorma esa uni kamaytirishga yordam beradi. Bu juda muhim xususiyatdir, chunki glyukozaning oshishi organizmni zo‘riqtiradi, samaradorlikni pasaytiradi. Normal glyukoza darajasi esa uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini beradi.
Yong‘oqlar
Foto: Marie Claire
Yong‘oqlarda bir nechta vitaminlar, minerallar, shuningdek, zararli xolesterin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi to‘yingan yog‘lar mavjud. Ko‘plab klinik sinovlar davomida yong‘oqlarning taomlarga qo‘shilishi organizmga ijobiy ta’sir qilishi, moddalar almashinuvini normallashtirishi va immunitetni oshirishi isbotlangan. Garchi yong‘oqning barcha turi yuqori kaloriyali mahsulot bo‘lsa-da, uni me’yorda iste’mol qilish ozishda foyda berishi mumkin. Chunki ushbu mahsulot ham uzoq muddatga to‘yinganlik hissini beradi.
Olimlar bodom tarkibidagi yog‘larning atigi 40 foizi hazm bo‘lishini isbotladilar. Qolgan 60 foizi bo‘linish va so‘rilish bosqichlaridan o‘tishga ulgurmay organizmdan chiqariladi. Ya’ni, bodom, to‘yingan, shu bilan birga keraksiz kaloriya manbai emas, aksincha, gazak uchun muqobil variantdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi