15:39 / 21.08.2024
435

Erta qarishga olib keladigan 7 ta odat

Erta qarishga olib keladigan 7 ta odat
Inson o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishi uchun keksayishni kutib o‘tirishi shart emas. Yaqin kelajakda tashqi ko‘rinishda muammolar ko‘paymasligi uchun parvarishni bugundan boshlash lozim. Iloji boricha uzoq vaqt yosh va chiroyli bo‘lish uchun qanday odatlarni tark etish kerak? Dermatolog va kosmetolog Mariya Arkashina bunga javob beradi.

Foto: iStock
Quyoshda toblanish

Quyosh nuri teriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichida yetakchi hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlar nafaqat ajinlar va pigmentatsiyani ko‘paytiradi, balki hujayralarda mutatsiyalarni keltirib chiqaradi. Shu sababli quyosh nuri teri saratonining eng xavfli turlaridan biri bo‘lgan melanoma kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi.

Quyoshda toblanganda e’tiborli bo‘ling hamda oftob nurlaridan saqlovchi maxsus SPF kremlardan foydalanishni unutmang.

Ko‘p shirinlik yeyish

Foto: Dzen
Oddiy uglevodlarni me’yordan ortiq iste’mol qilish kollagen glikatsiya jarayonini ishga tushiradi, bu esa biriktiruvchi to‘qimalarning qattiqlashishiga olib keladi. Glikatsiyaga uchragan kollagen yangilanmaydi, natijada teri qariydi.

Tarkibida palma yog‘i bor mahsulotlar iste’mol qilish

Butunjahon sog‘likni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, palma yog‘i A va E vitaminlariga hamda linolevaya kislotasiga boy bo‘lsa-da, u rafinatsiya va gidrogenizatsiya jarayonida yo‘qolib ketadi. Bu jarayonda yog‘ tarkibida tabiiy sun’iy transyog‘larning yuqori konsentratsiyasi miqdori oshib ketadi. Bu esa insonlarda yurak qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Eng yomon tomoni, bugun ayrim oziq-ovqat, xususan, qandolat, sut mahsulotlari tarkibiga sut yog‘i o‘rnini bosuvchi sifatida texnik palma yog‘i qo‘shiladi. Bu yog‘lar nafaqat teriga, balki butun tanaga ham zararlidir. U organizmning asosiy filtri bo‘lgan jigar faoliyatini buzadi.

Chekish

Chekish, jumladan, kalyan va elektron sigaretalar zarari barchamizga ma’lum. Nikotin tufayli immun tizimi susayadi, terining autoimmun kasalliklari rivojlanadi.

Kosmetika tanlashda mas’uliyatsizlik

Foto: Pinterest
Sifati past kosmetika teridagi tabiiy teshiklarni yopib qo‘yadi, natijada husnbuzarlar, dermatit kuchayishiga olib keladi. Bundan tashqari, shifokor bilan maslahatlashmasdan, dorivor kremlardan foydalanmaslik kerak. Masalan, psoriaz, ekzema va atopik dermatit uchun dorilar tarkibiga kiradigan kortikosteroidlar — klobetazol va betametazon terining ingichkalashishiga olib kelishi mumkin.

Husnbuzarlarni siqish

Yuzingizni o‘zingiz uy sharoitida husnbuzarlardan tozalamang va komedonlarni siqib chiqarmang. Bu harakatlaringiz yallig‘lanishning kuchayishiga va chandiqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi

Xavfli kosmetik muolajalarni bajarish

Unutmang, yuz terisiga har qanday in’eksiya tibbiy ma’lumotga ega kosmetolog tomonidan va aynan kosmetologik muolajalarga ixtisoslashtirilgan shifoxonada amalga oshirilishi kerak. O‘zingiz uy sharoitida yuz terisiga igna orqali biror dori kiritishga urinmang va firibgarlardan ehtiyot bo‘ling. Aks holda o‘z ishini bilmagan va ma’lumotga ega bo‘lmagan kosmetologlar tufayli yuz terisida allergik reaksiya, yallig‘lanish va hatto nekroz yuzaga kelishi mumkin. Kosmetologning barcha diplom va sertifikatlarni tekshirib chiqishga uyalmang va u o‘z ishining mutaxassisi ekanligiga ishonch hosil qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erta qarishga olib keladigan 7 ta odat