Inson immunitetini qanday oshirish mumkin — bu savol hamon dolzarbdir. Immunitetimiz organizmni patogenlardan himoya qiladi, ammo ba’zida u kuchsizlanadi: organizmga mikrob osongina kirib, bizni kasal qiladi. Yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida salomatlikni mustahkamlash uchun quyidagi vitaminlar bor bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishga e’tibor qarating.
C vitamini
Foto: Foodgeyek
2023 yilda Cureus ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, C vitamini immunitet tizimi uchun eng muhim mikroelement hisoblanadi. Bu oq qon tanachalari, xususan, infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradigan fagotsitlar va limfotsitlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim antioksidantdir. Shuningdek, u patogenlardan himoya qiluvchi teri to‘qimalarini mustahkamlaydi.
D vitamini
Foto: Healthshots
Bu vitamin oq qon hujayralarining ikki turi: monotsitlar va makrofaglarning patogenlarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. D vitamini yetishmovchiligi tufayli infeksiyalarga chalinish soni oshadi, chunki u immunitetni tartibga solishga yordam beradi. D vitamin, ayniqsa, qishda quyosh nuri kam bo‘lgan vaqtda shamollash va gripp kabi infeksiyalar xavfini kamaytiradi.
E vitamini
Foto: iStock
Ushbu kuchli antioksidant erkin radikallarni zararsizlantirishga yordam beradi va immunitet hujayralarini oksidlanishdan himoya qiladi. E vitamini immun hujayralarining normal ishlashi uchun muhimdir. U infeksiyalangan yoki zararlangan hujayralarni aniqlash va yo‘q qilish uchun javob beradigan T-hujayralarining funksiyasini yaxshilaydi.
A vitamini
Foto: iStock
Mazkur vitamin ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bilan birga immun tizimini mustahkamlashda ishtirok etadi. A vitamini tananing infeksiyalarga qarshi himoya qismi bo‘lgan nafas olish, ovqat hazm qilish shilliq pardalarining mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, u leykotsitlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
B6 vitamini
Foto: iStock
B6 vitaminini og‘ir kasal insonga qo‘shimcha da’vo sifatida buyurish bemorning holatini va immunitet tizimini yaxshilashi isbotlangan. Tadqiqotlarga ko‘ra, B6 vitamini qo‘shimchalarini kuniga 50 mg yoki 100 mg qabul qilish og‘ir kasal bo‘lgan odamlarda immunitetni kuchaytirishi mumkin. U immunitet hujayralari va antitanachalarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi va infeksiyaga qarshi kurashishda hosil bo‘ladigan biokimyoviy reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
B12 vitamini
Foto: Alamy
Ushbu vitamindan immunitet reaksiyalarini muvozanatda ushlash uchun foydalanish mumkin, chunki u aynan virusli infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi. B12 vitamini ham DNK sintezini, eritrotsitlarni ishlab chiqarishni va asab tizimining salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, B12 vitamini leykotsitlarni ham ishlab chiqarishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?