Foto: iStock
Daniyaning Orxus universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, odam ko‘ngilxushlik tarzida ixtiyoriy ravishda qo‘rquvni boshdan kechirsa, bir muncha vaqt o‘tgach, yallig‘lanish biomarkerlari darajasining pasayishi kuzatiladi.
Tajriba ishtirokchilari Daniyaning Veyle shahridagi «Arvohlar uyi» attraksioniga borgan 113 kishi edi. Obyektlarning o‘rtacha yoshi 29,7 yoshni, erkaklar va ayollar nisbati 2:3 ni tashkil etdi.
Qo‘rquv kuchini baholash uchun tadqiqotchilar yurak urish tezligini o‘lchadi va ishtirokchilardan ushbu ko‘rsatkichni psixometrik Likert shkalasi yordamida mustaqil ravishda baholashni so‘radi. Yallig‘lanish darajasini aniqlash uchun attraksionga borishdan oldin subyektlardan qon olindi va uch kundan keyin yana qon tahlillari olindi. Yallig‘lanish darajasining ko‘rsatkichi qondagi yuqori sezuvchanlik S-reaktiv oqsil miqdori edi.
Tajriba ishtirokchilari «Arvohlar uyi»da o‘rtacha 51 daqiqa vaqt o‘tkazdi, o‘rtacha yurak urish tezligi daqiqada 111,1 zarba va o‘rtacha Likert shkalasi qo‘rquv darajasi 5,4 ni tashkil etdi.
Tajribaning boshida 22 ishtirokchida yengil yallig‘lanish kuzatildi. Natijada, olimlar attraksionga borgandan keyin uch kun o‘tgach, yengil yallig‘lanish bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, barcha ishtirokchilarda leykotsitlar va limfotsitlar darajasi pasayganini aniqladi. Shunday qilib, tadqiqot mualliflari ko‘ngilochar yoki rekreatsion maqsadlarda qo‘rquvga duchor bo‘lish inson immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan xulosaga keldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»