Pul sanash kayfiyatga ta’sir qiladimi? Olimlar nima deydi

Pul sanash kayfiyatga ta’sir qiladimi? Olimlar nima deydi

Pul sanash shunchaki moliyaviy hisob-kitob emasligi haqida qiziqarli ilmiy kuzatuvlar bor. Minnesota universiteti tadqiqotchilari ishtirokida o‘tkazilgan 2009 yilgi tajribalarda odamlar pul sanaganda, qog‘oz sanaganlarga qaraganda ijtimoiy rad etilishdan kelib chiqadigan ruhiy bezovtalikni kamroq his qilgani aniqlangan. Ayrim tajribalarda esa pul sanagan ishtirokchilar issiq suv ta’siridagi og‘riqni ham kamroq his qilgan.

Olimlar buni pulning inson ongida kuch, nazorat va xavfsizlik hissi bilan bog‘lanishi bilan izohlaydi. Biroq bu pul sanash immunitetni mustahkamlaydi yoki kasalliklarni davolaydi, degani emas. Bunday xulosani tasdiqlovchi yetarli ilmiy dalillar mavjud emas.

Demak, uyda pulni birma-bir sanab chiqish kayfiyatni biroz tinchlantirishi mumkin, ammo uni sog‘liqni yaxshilovchi maxsus usul deb hisoblashga hali asos yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar