15:21 / 31.12.2024
148

Koʻp ovqat eb yubormaslik uchun bayram kunlari asqatadigan tavsiyalar

Koʻp ovqat eb yubormaslik uchun bayram kunlari asqatadigan tavsiyalar
Odamlar orasida eng jiddiy parhezga ham rioya qila oladigan kefir va olma iste'molining oʻzi bilan cheklanishi mumkin boʻlganlar yoʻq emas. Ammo hammada ham bunday iroda boʻlavermaydi. Parhez tutib yurgan aksariyat kishilar bir oz vaqt oʻtganidan keyin shirinlik iste'mol qilishni istashi mumkin.

Foto: Freepik

Ma'lum boʻlishicha ishtahani boʻgʻish xususiyatiga ega boʻlgan yalpiz bu borada sizga yordam berishi mumkin.

Yalpizni — (yogʻi, choyi hatto saqich ham boʻlaveradi) doimiy ravishda hidlash ishtahani boʻgʻgani hisobiga ham vaznga ijobiy ta'sir qiladi.

Bu Uiling universiteti olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda aniqlangan. Unda ishtirokchilar 2 guruhga boʻlinib, 5 kun davomida istalgan mahsulotni iste'mol qilgan. Bir guruh ishtirokchilar ikkinchisidan farqli ravishda har ikki soatda yalpiz hidlagan. Natijaga koʻra, yalpizni hidlagan ishtirokchilar bir hafta mobaynida boshqa guruhdagilarga nisbatan 3485 kaloriyaga kamroq ovqatlangan, qolaversa ular ochlik hissi u qadar bezovta qilmaganini ta'kidlagan. Ushbu tavsiya asosan Yangi yildagi bazm-u jamshid arafasida ayni muddao hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, buning qanday ish berishi ma'lum emas. Lekin taxminlarga koʻra yalpizning oʻtkir hidi miyani boshqa narsalar, xususan, ochlikdan chalgʻitadi.

Olimlarning yana bir xulosasiga koʻra, yalpiz motivatsiyani ham oshirish xususiyatiga ega. Ish samaradorligini oshirishi mumkinligi sabab ham yalpiz bilan bogʻliq ushbu tavsiyaga amal qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun