Sovuq mavsum hamisha ham kasalliklarning rivojlanishi, salomatlik bilan bogʻliq turli muammolarning kelib chiqishiga olib kelavermaydi.
Immunitetni mustahkamlaydi
Qanchalik gʻalati tuyulmasin, sovuq havo immunitetni mustahkamlab, koʻplab virusli infektsion kasalliklarning oldini oladi. Sovuq havoda muntazam ravishda vaqt oʻtkazadiganlar boshqalarga nisbatan kam kasal boʻladi.
Uyqusizlikka davo boʻladi va uyqu sifatini yaxshilaydi
Qishda uyqu sifati sezilarli darajada yaxshilanadi: sovuq havo miyani kislorod bilan ta'minlab, toʻyib va tiniqib uxlashga hissa qoʻshadi. Mutaxassislarning fikricha, Tselsiy shkalasi boʻyicha taxminan 16-19 daraja iliqlik uyqu uchun eng a'lo harorat hisoblanadi. Haroratning undan yuqoriroq boʻlishi uyqu sifatining buzilishiga olib keladi.
Ogʻriq qoldiruvchi singari ish beradi
Sovuq yalligʻlanishga qarshi va ogʻriqsizlantiruvchi ta'sir koʻrsatadi. Uning qisqa muddatli ta'siri ogʻriq retseptorlarini bloklab, shishlarni kamaytiradi. Shunga qaramay, sovuq havoda qon tomirlar qurishni boshlaydi, bu esa nerv tolalarining sezuvchanligini kamaytiradi. Shu sabab ham sovuqda hatto surunkali migrendagi bosh ogʻrigʻi ham kamayishi mumkin.
Teriga yoshartiruvchi ta'sir koʻrsatadi
Sovuq terining mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilab, uning tonusda va tarang boʻlishini ta'minlaydi. Uning ta'sirida shishlar, ajin va koʻz ostidagi halqalar kamayishi, teri rangi esa yaxshilanishi mumkin. Natijada teri sogʻlom, elastik va tiniq koʻrina boshlaydi. Qolaversa, sovuq harorat terining erta qarishining oldini oladi. Kriomuolaja — sovuq bilan davolashdan koʻzlangan maqsad ham qon aylanishini yaxshilab, hujayralararo moddalar almashinuvini faollashtirish, natijada ajinlarni bartaraf etishdan iborat.
Moddalar almashinuvini yaxshilaydi
Sovuq haroratda metabolizm jarayoni jadallashadi. Qolaversa, sovuqdan qaltiraganda yogʻlarni eritish xususiyatiga ega boʻlgan irisin gormoni ishlab chiqariladi. Ma'lumotlarga koʻra, 15 daqiqa sovuqda boʻlish va titrash toʻliq mashgʻulot bilan shugʻullanish oʻrnini bosadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Abdulla Qodiriy: muallifni qamatgan maqola
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
Qirol kubogi. "Al-Ittihod" penaltilar seriyasida "Al-Hilol"ni taslim etdi
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi