69
Ekspert: Bolalarning asosiy nonushtasiga aylangan ushbu mahsulot saratonga olib keladi
Kolbasa, sosiska qayta ishlangan goʻsht mahsulotlari koʻplab oilalarning kundalik ratsionidan oʻrin olgan. Terapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Baranova oʻz bayonotida bunday mahsulotlar sogʻliq uchun oʻta xavfli boʻlganligi sababli, har qanday yoshdagi insonlar nonushtasi uchun toʻgʻri kelmasligini aytib oʻtdi.
Foto: “Lisa.ru”
Baranovaning soʻzlariga koʻra, sosiska tarkibida turli konservantlar, ta'mni kuchaytiruvchi moddalar, stabilizatorlar va nitritlar mavjud boʻlib, ular mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytiradi va tashqi koʻrinishini yaxshilaydi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga koʻra esa, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlari va qizil goʻsht iste'moli saraton xavfini koʻpaytiradi. Qayta ishlangan bunday turdagi goʻshtni kuniga 50 gramm miqdorda iste'mol qilish yoʻgʻon ichak saratoni xavfini 18 foizga oshiradi. Garchi sosiska sabab saraton kelib chiqish xavfi har bir inson uchun individual olganda juda yuqori boʻlmasa ham, lekin uning iste'moli koʻpayishi bilan xavf ham oshadi. Qolaversa, bunday mahsulotlarni ommaviy tarzda koʻp iste'mol qilish global salomatlik indeksiga ham salbiy ta'sir qiladi.
Foto: “Lisa.ru”
Ekspertlar bunday xulosaga kelguncha 20 yillikni oʻz ichiga oladigan 800 dan ortiq tadqiqotlarni oʻrganib chiqishgan. Bu tadqiqotlar bir qancha davlatlarning turli xil diyetalarini oʻz ichiga oladi.
“Kolbasa va sosiska mahsulotlari saraton kasalligini keltirib chiqarishi uzoq yillar avval tasdiqlangan”, deydi Baranova.
Uning qoʻshimcha qilishicha, bolalar nonushtasiga sosiska berish xatarlidir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Chiroyli hayot chiroyli xayollardan boshlanadi...
Odamlar sizni koʻrganda yashagisi kelsin..!
Olimlar qish mavsumi uchun eng foydali ichimlikni ma'lum qildi
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Nikohlar nega buziladi: asosiy sabablar va yechimlar
Erkaklarga yoqmaydigan uch xil toifadagi ayollar
Har safar harakat qilganimda magʻlub boʻldim... Nega menga omad kulib boqmaydi?
Orzu va maqsad qoʻyish sirlari...