
Mashhur xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqdagi yangi videosida ortiqcha vazn bilan qanday kurashayotganini ochiqcha namoyish qildi.
Video kadrlarida xonanda hovlisida o‘rnatilgan yugurish yo‘lagida mashq qilar ekan, shunday deydi:
“Hammaga salom! Mani ko‘rib turibsizlar, har kuni shu ahvol: sport bilan shug‘ullanaman, diyeta ushlayman, trenerovkalarga boraman. To‘g‘ri ovqatlanish, ko‘proq suv ichish, doimiy shug‘ullanish – shu sinovdan o‘tmoqdaman. Mana, shuncha kiloga 4 oyda ozdim.”
Munisa qanday ozdi?
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u maxsus parhez, kundalik mashq va intizom orqali to‘rt oyda salmoqli vazn yo‘qotishga erishgan. U har kuni yurish, to‘g‘ri ovqatlanish va tinimsiz harakat orqali natijaga erishganini ta’kidladi.
Yangi obraz – yangi ruh
Uning mashq paytidagi videosi muxlislar orasida ijobiy munosabat uyg‘otdi.
Ko‘pchilik “qisqa vaqtda shuncha o‘zgarish”ni ta’riflar ekan, Munisaning intizom va mehnatini e’tirof etdi.
Munisa Rizayevadan motivatsiya
Bu videolavha bir narsani yana bir bor isbotladi:
chiroyli tashqi ko‘rinish ortida har doim mehnat, harakat va intizom yotadi.
Honandaning samimiy chiqishi sport va salomatlik bilan bog‘liq turli tashabbuslar uchun ham motivatsiya bo‘ldi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: shovqinsiz natija qilish mumkinmi? Munisadek so‘zsiz ishlash kerakmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar