
Jaziramali yoz mavsumida inson organizmi jiddiy sinovlarga duch keladi. Harorat 40 darajadan oshib ketadigan bu davrda tanani issiqdan himoya qilish nafaqat qulaylik, balki sog‘liq uchun ham juda muhimdir. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi har bir inson bilishi lozim bo‘lgan to‘rt muhim tavsiyani e’lon qildi.
Keng va yopiq kiyim – salomatlik garovi
Ko‘pchilik issiqda yengil va ochiq kiyinishni afzal ko‘radi. Biroq mutaxassislar ta’kidlashicha, bu yondashuv 37 darajadan yuqori bo‘lgan haroratda samarasiz. Ochiq ter tezda bug‘lanib ketadi va organizmni sovutishga ulgurmaydi. Bundan tashqari, ter bilan qoplangan tanada SPF himoyasi ham uzoq saqlanmaydi. Shu bois, uzun, keng va havo o‘tkazuvchi liboslar, jumladan uzun ko‘ylaklar, yubkalar va yengil shlyapalar foydalidir.
Tabiiy mato va och rang — yoz taftini yengadi
Sun’iy matolardagi liboslar nafaqat havo o‘tkazmaydi, balki terni ham to‘plab, noqulaylikka olib keladi. Qo‘mita mutaxassislari yoz mavsumida faqatgina paxta, linon, ipak kabi tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarga ustuvor ahamiyat berish kerakligini uqtirdi. Qora va to‘q ranglar issiqni singdiradi, aksincha och, oq ranglar quyosh nurlarini qaytarib, salqinlikni saqlaydi.
Qatlamli libos – Osiyodan ilhomlangan himoya
Bir qarashda noodatiy tuyulsa-da, Osiyo xalqlarining milliy kiyimlaridagi qatlamli uslub – yozda issiqdan himoya qilishning ajoyib yo‘lidir. Yengil mayka yoki futbolka ustidan keng nimcha yoki uzun ko‘ylak kiyish organizm va tashqi muhit o‘rtasida havo qatlami hosil qilib, tana haroratini barqarorlashtiradi.
Bosh kiyim — quyosh urishidan asosiy himoya
Yozning yorqin quyoshi to‘g‘ridan to‘g‘ri boshga ta’sir qilsa, tanada issiq zarbasi (teplovoy udar) yuzaga kelishi mumkin. Shu bois yengil sharf, shlyapa yoki paxtadan tikilgan panamalar boshni soyalashda qo‘l keladi. Qolaversa, bosh kiyimni ozroq namlab, terlashdan xalos bo‘lish va tanani salqinlashtirish mumkin.
Xulosa o‘rnida:
Jaziramali faslda befarqlik yoki noto‘g‘ri kiyinish salomatlikka jiddiy tahdid soladi. O‘ylamasdan tanlangan garderob yurak faoliyatida uzilish, issiq zarbasi yoki terining quyoshdan yonishiga olib kelishi mumkin. Mutasaddilar tavsiyalariga rioya qilish orqali nafaqat o‘zingizni, balki yaqinlaringizni ham jarohat va salomatlik muammolaridan asrab qolish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar