date

Yurakda muammo bo‘lsa — havodan ehtiyot bo‘ling!

Yurakda muammo bo‘lsa — havodan ehtiyot bo‘ling!
Har qanday sayohat yaxshi kayfiyat va kutilgan dam olish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, barcha uchun havo qatnovi birdek xavfsiz emas. Xususan, yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan shaxslar uchun samolyotdagi parvoz jiddiy xavf solishi mumkin, deb ogohlantirmoqda shifokor Yelena Pavlova, deb yozadi news.ru.

Uning ta’kidlashicha, samolyot salonidagi bosimning pasayishi, havodagi kislorod darajasining kamayishi va uzoq vaqt harakatsiz holda o‘tirish — organizm uchun katta sinovdir. Bu omillar ayniqsa yuragida nuqsoni bo‘lganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Shifokor fikriga ko‘ra, yaqinda infarkt, yurak yetishmovchiligi yoki kuchli gipertoniyani boshidan kechirganlar samolyotda parvoz qilishdan vaqtincha tiyilishi kerak. Chunki har qanday og‘ir jismoniy yoki emotsional bosim yurak faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, tromboz, surunkali diabet va o‘pka bilan bog‘liq muammolar (xususan, bronxial astma yoki XOBL) bo‘lgan bemorlar ham havo qatnovi paytida o‘zini yomon his qilishi mumkin. Pnevmoniya, pnevmotoraks yoki pastki tana qismida shish kuzatilgan holatlarda ham parvoz tavsiya etilmaydi.

Ayniqsa, yaqinda og‘ir jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganlar, xususan, ko‘krak yoki qorin bo‘shlig‘idagi operatsiyalardan so‘ng, shifokorlar parvozdan kamida 2-3 hafta tiyilishni maslahat berishadi. Organizm to‘liq tiklanmasdan havo safarini boshlash jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Infeksion kasalliklar — masalan, gripp, COVID-19 yoki suvchechak bilan og‘riganlar ham parvozga chiqmasliklari lozim. Bu nafaqat bemorning holati, balki atrofdagi boshqa yo‘lovchilarning salomatligi uchun ham xavf soladi.

Homilador ayollarga kelsak, Yelena Pavlovaning so‘zlariga ko‘ra, ular faqat antenatal klinikadan olingan maxsus tibbiy ruxsatnoma (sertifikat) asosida uchishlari mumkin. Ayniqsa, homiladorlikning 28-haftasidan so‘ng ushbu ruxsatnoma talab qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, samolyotda parvoz qilishdan avval sog‘lig‘ingizni sinchkovlik bilan baholash muhim. Agar sizda yuqorida zikr etilgan holatlardan biri mavjud bo‘lsa, parvozga chiqishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni unutmang. Axir salomatlik — barcha sayohatlardan muhim!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Yurakda muammo bo‘lsa — havodan ehtiyot bo‘ling!