ў
Қ
қ
Ғ
ғ
Ҳ
ҳ

Ertalab uyg‘onib, uydagilaridan avval turgan ona, ishga ketar ekan, bir dasturxon tayyorlaydi. Shu ayolni tasavvur qiling: u oilasining barcha a’zolariga qarab, erta tongda yugurib yuradi. Kimdir uning bu harakatlarini “oddiy” deb atashi mumkin. Lekin sizningcha bu osonmi?
Ayol uchun hayot — har kuni yangi sinov. U yigitdek dam olib yota olmaydi. Unga «intilishni to‘xtat» deyishadi, lekin unda orzu ko‘p. U ishda xodima, uyda ona, turmush o‘rtog‘iga esa suyanch, psixoterapevt, hamsuhbat. Bu rollarni har kuni o‘zgartirib o‘ynayotgan insonga “oson” deb bo‘ladimi?
Ayrimlar “o‘zingni qiynama, kamtar bo‘l” deb maslahat beradi. Biroq ayol ham inson. U ham ustida ishlashni, o‘zini namoyon etishni, tan olinishni istaydi. U ham charchashi, xato qilishi, hafa bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘p hollarda undan “sabr” kutiladi, “chidash” so‘raladi.
Ayolning yuzidagi tabassum — har doim xursandlik belgisi emas. Balki bu — u yashirayotgan charchoq, og‘riq, keksalikdan oldingi iztirobdir. U o‘ziga qolsa, o‘zi uchun bir kun dam oladi. Ammo ko‘pincha u avval bolasiga, keyin turmush o‘rtog‘iga, keyin ishiga, endi keyingina o‘ziga qaraydi.
Ayol — hayot manbai. Bolani tug‘adi, tarbiyalaydi, oila qurib, qo‘rg‘on bog‘laydi. Ayni paytda, jamiyat undan beqiyos ko‘proq narsa kutadi: ibrat, tartib, na’muna va hatto sabr ham!
Ayollarga oson emas. Lekin ular shunday insonlarki, har qiyinchilikka qaramasdan qayta tiklanadi, qo‘lidan kelganicha barchaga tayanch bo‘ladi. Ayollar faqat bayramlarda emas, balki har kuni qadrlanishi kerak.
Shu bois, har bir inson o‘z hayotidagi ayol — ona, opa, singil, rafiqasi, qiz do‘stiga bor mehrini, hurmatini, e’tiborini bersa — ularga ozgina bo‘lsa-da yengilroq bo‘ladi.
Siz ayollarga oson deb o‘ylaysizmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar