Ijtimoiy tarmoqlardagi katta auditoriya har doim ham muvaffaqiyat kafolati emas. Peopletalk yozganidek, mashhur interer dizayneri TikTok'da millionlab ko‘rishlarga ega bo‘lishiga qaramay, boy mijozlar uni jiddiy qabul qilmagan. Sabab — uni faqat «TikTok dizayneri» sifatida ko‘rishgan.
Muammoning yechimi piar orqali topildi. Professional piarchi dizayner haqida Architectural Digest va Elle Decor kabi nufuzli nashrlarda maqolalar chiqardi. Bir necha shunday chiqishlardanoq ishlarda ishonch va salobat uyg‘otgan. Chunki:
-
TikTok videolari tez yo‘qoladi, Stories esa 24 soat yashaydi.
-
Maqola esa Google qiduvida yillab qoladi va SI tavsiyalarida qayta-qayta chiqadi.
-
Vogue yoki The New York Times kabi media nashrlarda chiqish esa nafaqat ishonch, balki nufuz belgisidir.
Piarchi eslatadi: media chiqish bir zumda hammasini hal qiladigan mo‘jiza emas. Brendda voqea, yangilik bo‘lishi shart. Material mavzuli va maqsadga muvofiq bo‘lishi, shaxsiy hayot emas, yutuqlar va qiziqarli rakurslar — masalan, «Los-Anjelesda fransuz uslubi» kabi — ko‘rsatilishi kerak.
TikTok'ni esa inkor etish yaramaydi. U yangi auditoriya va yosh mijozlarni jalb qiladi. Lekin klassik media chiqishlar bilan uyg‘unlashganida samara bir necha barobar ortishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!