
1. Ikki qavatli karavotlar shaklida
Oddiy karavotni cherdakli karavotga almashtiring. U ikki qavatli karavotlarga o‘xshash, faqat birinchi qavatdagi karavot o‘rnida stol joylashtiriladi.
2. Balkonda
Balkonga isitgich o‘rnatib, kitob qo‘yiladigan tokchali stol joylashtilsa, ishlashga qulay ish joyi tayyor bo‘ladi.
3. Kvartiradagi kichiqroq joy
Kvartirada ishlatilmayotgan kichkina omborxonami yoki foydalanilmayotgan boshqa biror joyni ish joyiga aylantirish qiyin emas. Buning uchun kichikroq ish stoli va funksional shkaf qo‘yishning o‘zi kifoya.
4. Keng derazatokcha
Kengroq derazatokchaga mos keladigan stul qo‘yilsa va ishlashda kerak bo‘ladigan ixcham aksessuarlarni chiroyli qilib joylashtirilsa ishlaydigan joy tayyor bo‘ladi.
5. Zinapoya ostidagi bo‘sh joy
Agar uyingizda zinapoya bo‘lsa, uning ostidagi bo‘sh joy ish joyi uchun juda mos keladi. U erga hatto kompyuter uchun burchakli stol ham joylashtirish mumkin.
6. Yig‘iladigan jurnal stolchasi
Boshqa payt uning ustiga mehmonlar uchun choy va shirinliklar qo‘yish mumkin. Ishlashga joy kerak bo‘lib qolganda esa bemalol yozuv stolining o‘rnini bosa oladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar