SpaceX raketasining parchasi Oyga yuqori tezlikda kelib urildi

1 daqiqa o'qish199
SpaceX raketasining parchasi Oyga yuqori tezlikda kelib urildi

Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining raketa qismi kecha Oy yuzasiga kelib urildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, SpaceX raketasining bir bo‘lagi koinotda 18 oydan ortiq vaqt parvoz qilganidan so‘ng kecha Oy yuzasiga qulagan. Ushbu hodisani dunyo bo‘ylab ko‘plab olimlar va ommaviy axborot vositalari kuzatib borgan.

Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, obyekt to‘qnashuv vaqtida soniyasiga taxminan 2,43 kilometr, ya’ni soatiga qariyb 8 700 kilometr tezlikda harakatlangan.

Ma’lum qilinishicha, Oyga qulagan Falcon 9 raketa qismining yuqori bosqichi bo‘lib, u Yerga qayta qo‘nish uchun mo‘ljallanmagan. Uning o‘lchami taxminan besh qavatli bino kattaligiga teng.

BBC ta’kidlashicha, ushbu to‘qnashuv SpaceX kompaniyasi 2025 yil yanvar oyida AQSH va Yaponiyaning ikki oy qo‘nish apparatini uchirganidan keyin raketa qismiga gravitatsiya va Quyosh nurlarining uzoq vaqt davomida ta’sir qilishi natijasida sodir bo‘lgan.

NASA ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hodisa Yer uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Ayni paytda astronomlar Oy yuzasidagi to‘qnashuv joyini kuzatish hamda zarba oqibatida hosil bo‘lgan krater va ehtimoliy bo‘laklarni o‘rganish imkoniyatini kutmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?