Chinoz hokimi mahalla markaziga "Sharmandali mahalla" yozuvi qo‘yib, g‘ayrioddiy jazo o‘ylab topildi

Chinoz hokimi mahalla markaziga  "Sharmandali mahalla" yozuvi qo‘yib, g‘ayrioddiy jazo o‘ylab topildi
Qisqacha

Chinoz tumanidagi "Birlik" mahallasida obodonlashtirish ishlari qoniqarsiz deb baholanib, hududga ramziy ma'noda "Sharmandali mahalla" yozuvi o'rnatish topshirildi. Tuman hokimi Sherzod Solihov ko'chalarni tozalash, devorlarni oqlash, daraxt va gullar ekish hamda hududni tartibga keltirish bo'yicha vazifalar berdi. Korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirilgan mahallalardagi vaziyatni o'rganib, ko'chalar va xonadonlar kesimida fotohisobot tayyorlash topshirildi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi "Birlik" mahallasida obodonlashtirish ishlari qoniqarsiz deb baholandi. Shu sabab hudud ramziy ma’noda "Sharmandali mahalla" deb e’lon qilinib, ko‘zga tashlanadigan joyga shu mazmundagi yozuv o‘rnatish topshirildi.

Tuman hokimi Sherzod Solihov mahalladagi holatni tanqid qilib, ko‘chalarni tozalash, devorlarni oqlash, daraxt va gullar ekish hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar berdi.

Korxona va tashkilot rahbarlariga ham o‘zlariga biriktirilgan mahallalardagi vaziyatni o‘rganish, ko‘chalar va xonadonlar kesimida fotohisobot tayyorlash topshirildi.

Hokim belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, ayrim mahalla va xonadonlarga ogohlantiruvchi yozuvlar o‘rnatilishini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar