Shahzoda 6 yillik tanaffusdan so‘ng yangi tarona bilan ijodga qaytmoqda! (video)

Shahzoda 6 yillik tanaffusdan so‘ng yangi tarona bilan ijodga qaytmoqda! (video)
Qisqacha

Xonanda Shahzoda olti yillik tanaffusdan so‘ng yangi yakkaxon tarona bilan ijodga qaytmoqda. Rus tilidagi "Vosxishaysya — jizn odna" qo‘shig‘ining rasmiy premerasi 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Qo‘shiq musiqasini Kosti yaratgan, matni esa Andrey Kidanov qalamiga mansub. Shahzoda tarona ustida xalqaro ijodiy jamoa bilan ishlagan.

Xonanda Shahzoda olti yillik tanaffusdan so‘ng yangi yakkaxon tarona bilan ijodga qaytmoqda. So‘nggi yillarda u asosan remikslar va boshqa xonandalar bilan tayyorlangan qo‘shma loyihalar orqali muxlislariga ko‘rinish bergan edi.

Yangi qo‘shiq rus tilida ijro etilgan bo‘lib, "Vosxishaysya — jizn odna" deb nomlanadi. Taronaning rasmiy premerasi 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shiq musiqasini Kosti yaratgan, matni esa Andrey Kidanov qalamiga mansub. Shahzoda ushbu tarona ustida xalqaro ijodiy jamoa bilan ishlaganini ham bildirdi.

Yangi premera haqidagi xabardan so‘ng muxlislar xonandaning ijodga qaytishini qo‘llab-quvvatlab, qo‘shiqning to‘liq shaklini kutayotganini yozmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar