12 yoshli qiz sinfdoshlarini qutqarish uchun o‘zini xavf ostiga qo‘ydi

12 yoshli qiz sinfdoshlarini qutqarish uchun o‘zini xavf ostiga qo‘ydi
Qisqacha

2026 yilda Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tambler-Rij shaharchasida 18 yoshli qurollangan shaxs maktabga bostirib kirib, o'q uzganida 12 yoshli Maya Gebala sinfdoshlarini himoya qilish uchun o'zini xavf ostiga qo'ydi. Hujum oqibatida bosh va bo'yin qismidan og'ir jarohat olgan Maya shifokorlar sa'y-harakatlari bilan tirik qoldi va kranioplastika operatsiyasi kabi bir nechta murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirdi.

2026 yilda Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tambler-Rij shaharchasida sodir bo‘lgan fojia butun mamlakatni larzaga soldi. Hodisa vaqtida 18 yoshli qurollangan shaxs maktabga bostirib kirib, o‘q uzgan va kutubxona tomon yo‘l olgan.

Aynan shu paytda 12 yoshli Maya Gebala sinfdoshlarini himoya qilish uchun jasorat ko‘rsatib, o‘zini xavf ostiga qo‘ydi. Qizaloq hujum oqibatida bosh va bo‘yin qismidan og‘ir o‘qotar jarohatlari oldi, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlari tufayli uning hayoti saqlab qolindi.

Maya bir nechta murakkab jarrohlik amaliyotlarini, jumladan, bosh suyagini tiklash bo‘yicha kranioplastika operatsiyasini muvaffaqiyatli boshdan kechirdi. Hozir u reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazilgan bo‘lib, uzoq muddatli reabilitatsiya jarayonini davom ettirmoqda. Qizaloq maxsus planshet dasturi hamda “ha” va “yo‘q” tugmalari orqali yaqinlari va shifokorlar bilan muloqot qila boshlagan.

Mayaning sinfdoshlarini asrab qolish yo‘lida ko‘rsatgan jasorati Kanadada katta e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ko‘pchilik uni o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib boshqalarni himoya qilgan haqiqiy qahramon sifatida ta’riflamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar